Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli Yoshlar! Barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin! | Besh tashabbus olimpiadasi 2024

Qadrli Yoshlar!

Barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sog‘lik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz!

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va taʼsiri tobora ortib borayotgani barchamizni quvontiradi.

Аziz oʼgʼil-qizlar,
Ilm oʼrganishdan, orzular va koʼzlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan hech qachon charchamang.

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi