Get Mystery Box with random crypto!

​​Ayni damga nisbatan she'r Bizga MANDAT begonadir borgan sar | BESH BLOK | DTM Majburiy Fanlari

​​Ayni damga nisbatan she'r

Bizga MANDAT begonadir borgan sari,
Koʼnglimiz ham vayronadir borgan sari.
Oʻn beshida chiqar edi avvallari,
Endi oktyabrni kutamizov borgan sari.

Buzildimi DTMning apparati,
Ishonchimiz yoʻqolyapti borgan sari.
Da'vo bilan telefon qilsak masʼullarga,
Aytar soʻzi "ertaga"dur borgan sari.

Abituriyentlar ham kasal boʻlib sekin-sekin,
Sogʻligʻini yoʻqotadi borgan sari.
Har minutda internetga oʻn kiraman,
MB ham tugaydiyov borgan sari.

Qani edi bitgan boʼlsa oʼsha sayt,
Ishlamaydi VPNsiz borgan sari.
Soʼrayverib qon qilishdi qarindoshlar,
Javobini aytmaymanov borgan sari.

Bizga MANDAT begonadir borgan sari...

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@beshblok