Get Mystery Box with random crypto!

Ommaviy axborot vositalari xodimlari oʼzaro musobaqalashdilar | BERUNIY VATANPARVAR | RASMIY KANAL

Ommaviy axborot vositalari xodimlari oʼzaro musobaqalashdilar .
Mamlakatimizda har yili 27 iyunь – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Аna shu munosabat bilan OАV xodimlari oʼrtasida Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman Oʼquv sport texnika klubida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Kengashi tomonidan Media- tur va pnevmatik miltiqdan oʼq otish boʼyicha musobaqa oʼtkazildi. Tadbir doirasida media-tur tashkil etildi. Unda “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman OʼSTK boshligʼi Sh.Matsapaev ,Qoraqalpogʼiston Respublikasi Markaziy kengash rais oʼrinbosari M.Shamurotov va mehmonlar , ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarning jamiyatimizda tutgan munosib oʼrni haqida soʼz yuritishdi. Shuningdek, davra suhbati qatnashchilari “Vatanparvar” tashkilotining maqsad va vazifalari borasida maʼlumotga ega boʼlishdi, oʼzlarining qiziqtirgan savollarga toʼlaqonli javoblar olishdi. Sport velosipedlari, karting va Havobosimli miltiq va pistoletlardan iborat koʼrgazma tadbirga oʼzgacha fayz va tarovat bagʼishladi. Shuningdek,media-tur ishtirokchilari havobosimli quroldan oʼq otish, duatlon, yozgi biatlon,karting singari toʼgaraklar faoliyati bilan tanishdilar. Tadbir soʼngida jurnalist va blogerlar oʼrtasida Havo bosimli miltiqdan “Oʼq otish” musobaqasi oʼtkazildi. Yakuniy sarhisoblarga koʼra, Erkaklar oʼrtasida Beruniy “Sezam “ TV blogeri Sobirov Sardor 1-oʼrinni ,Ellik qala TV muxbiri Seytjonov Shodibek 2-oʼrinni, ayollar oʼrtasida Toʼrtkoʼlnoma gazetasi muxbiri Nurullaeva Oʼgʼiljon 1-oʼrinni ,Ellikqala TV muxbiri LatipovaMohichehra 2-oʼrinni egalladilar. Musobaqaning gʼolib va sovrindorlari Faxriy Yorliq va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.