Get Mystery Box with random crypto!

Kunlik normal uyqu vaqti qancha ? Bilaman — sakkiz soat. Shun | BERUNIY SCHOOL

Kunlik normal uyqu vaqti qancha ?

Bilaman — sakkiz soat. Shuncha uxlashim shartmi?

Yo‘q, shart emas. Kim uchundir olti soatlik uyqu ham yetarli, kimdir esa to‘qqiz soat uxlab ham uyquga to‘ymaydi. Biroq aksariyat mutaxassislar haqiqatan ham shunday deb hisoblaydi — voyaga yetgan shaxsning optimal uyqu vaqti yetti—sakkiz soatni tashkil etishi kerak.

Uyquga to‘ymaslikning salbiy oqibatlari ko‘p: charchoq va diqqatni yo‘qotishdan tortib bir dunyo kofe ichmaguncha o‘zini uyg‘oq his qilmaslikkacha. Bu holat murakkab sessiyani topshirgan yoki «ertaga — oxirgi muddat» iborasi u uchun juda yaxshi tanish bo‘lgan har bir kishiga ma'lum. Biroq, keragidan ortiq uyqu ham jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin.

Deyarli bir yarim million katta yoshli insonlar ishtirok etgan keng miqyosli tadqiqotda qiziqarli statistik qonuniyat aniqlandi. Kuniga 6 soatdan kam uxlaydigan odamlarning odatiy 8 soatlik dam olish imkoniyatiga ega insonlarga qaraganda har qanday sog‘liq muammosidan barvaqt o‘lim topish xavfi 12 foizga yuqori deb topildi. Ammo har kuni 9 soatdan ko‘proq uxlashni yaxshi ko‘radiganlar uchun ushbu tahlika yanada ko‘p — 30 foizgacha!

Umuman olganda, uzoqroq uxlash ba'zan yaxshi tanlov albatta. Ammo erkalanmasdan uyquni muayyan me'yorlar ichida tutishga harakat qilish ma'qul. Bundan tashqari, ayni me'yorlar allaqachon hisoblab chiqilgan. Me'yorga ko'ra kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soatlik uyqu normal hisoblanadi.

Murojaat uchun: +998973675858,
+998979600033

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook