Get Mystery Box with random crypto!

BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL

Telegram kanalining logotibi beruniy_news — BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL B
Telegram kanalining logotibi beruniy_news — BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
Kanal manzili: @beruniy_news
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 6.64K
Kanalning ta’rifi

🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
https://beruniy-tumani.uz/?lang=ru
https://www.youtube.com/channel/UChNBQU_-N6w5m18MNS8nzHQ/featured
https://instagram.com/beruniy_hokimiyat https://www.facebook.com @Beruniytumanimurojaatbo

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2022-09-28 09:35:11
839 views06:35
Ochish/sharhlash
2022-09-28 09:03:07
#Mavsum_oldi_tayyorgarlik
#Elektr_ta’minoti

Beruniy tumani elektr taʼminoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida elektr tarmoqlarida mavjud bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Tumandagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 163-sonli, “Turon” mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 63-sonli, “U.Jumaniyazov” ovul fuqarolar yig’inida joylashgan 162-sonli transformatorlarni mukammal tamirlash ishlari xodimlar tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq amaliy ishlar olib borildi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
1.1K views06:03
Ochish/sharhlash
2022-09-28 08:52:17
1.0K views05:52
Ochish/sharhlash
2022-09-28 08:47:45
YANGICHA STIL, YANGICHA FORMAT, YANGI O'QUV MARKAZI!

Bugun tumanimizda yangicha stilda va o'qitish metodikasiga kreativ yondashadigan yangi o'quv markazi EDUNITY mamnuniyat ila oz ishini boshladi. EDUNITY asosan zamonaviy ingliz tili atmosferasi va zamonaviy o'qitish tizimiga yondashadi. Shuningdek o'quv markazimiz:

Matematika
Fizika
Tarix
Biologiya
Rus tili
Ona tili

kabi fanlardan o'z sohasining professional mutaxassislari, oliy toifali o'qituvchilar sizga doimiy ravishda rivojlanishingizga yordam beradi. EDUNITY qabul boshlanganligini e'lon qiladi. Joylar soni cheklangan...

Navbaxor ko'chasi.
MONDO muzqaymoq markazi ro'parasida.

90 335 33 77
93 707 06 66

https://t.me/edunitylc
1.2K views05:47
Ochish/sharhlash
2022-09-27 22:13:15
Kadastr pasportining shakllari haqida bilasizmi ?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

yer uchastkasining kadastr pasporti;

qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

https://instagram.com/beruniy_kadastr_palatasi?r=nametag
494 views19:13
Ochish/sharhlash
2022-09-27 21:54:24
#Murojaat va natija
#Xalq roziligi yólida

Beruniy tumani Maxtumquli ovul fuqarolar yiǵinida sektor rahbarlari tomonidan ótkazilgan sayyor qabullar davomida aholidan shu hududdagi kóprikning oǵir ahvolga kelib qolganligi, natijada aholi va avtomobillarning qatnashi uchun qiyinchilik bólayotgani bildirilgan edi.

#Tuman Obodonlashtirish korxonasi tomonidan kóprik ta'mirlanib yaroqli ahvolga keltirildi, yon tomonlariga temir tósiqlar ham órnatildi. Yana bir murojaat ijobiy hal qilindi.

Fotolarda kóprikning oldingi va hozirgi holatini kórishingiz mumkin

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
572 views18:54
Ochish/sharhlash
2022-09-27 19:04:08 Айни кунларда мамлакатимизнинг барча ҳудудларида бўлгани каби туманимизда ҳам “Тиббиётдаги ислоҳотлар – инсон қадри учун” мавзусидаги очиқ мулоқотда белгилаб берилган долзарб вазифаларнинг ижросига қаратилган саъй-ҳаракатлар олиб борилмоқда.

Туман Тиббиёт бирлашмасида бу борада “Йўл харита” ишлаб чиқилиб, шу асосда кўпгина чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Шунга кўра, жорий йилнинг 27 сентябр куни Пахтакор маҳалласида учрашув бўлиб ўтди.

Тадбирга маҳалла фаоллари, нуронийлар ва тиббиёт ходимлари иштирок этдилар. 69-сонли мактаб фаоллар залида бўлиб ўтган тадбирни маҳалла фуқаролар йиғини раиси У.Атаджанов очди ва олиб борди.

Х.Якубова кун тартибидаги масала юзасидан сўзга чиқди. У ўз маърузасида маҳаллада соғлиқни сақлаш борасида олиб борилаётган ишларга кенг тўхталди.

Тадбир якунида  Х.Якубова  иштирокчиларни қизиқтирган саволларга батафсил жавоблар берди ҳамда келгусида тиббий хизмат ҳажми ва сифатини янада яхшилаш чора-тадбирларини кўрилишини маълум қилди.
1.7K viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash
2022-09-27 19:04:04
1.5K views16:04
Ochish/sharhlash
2022-09-27 18:54:24 Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni sohibi, Gulnora Xasanova maktabda rahbar uyda farzandlarining suyukli onasi va  mehribon qaynona. Oila davrasida suhbat jarayonida ham so'zimiz o'z isbotini topdi. Shu xonadonning kelini Sh.Latipova ham o'qituvchilar oilasiga kelin bo'lganidan faxrlanib, qaynonasining mehribonligi, hayotiy tajribalaridan kelib chiqib maslahat berishi, to'g'ri yo'l ko'rsatib barcha ishda ko'makdosh bo'layotganidan mamnunligini takidladi.

Uztoz-shogird tizimini yoshlarga o'rnak qilgan holda ko'p yillar davomidagi ustozi Sanam Yusupova bilan ta'lim jarayonidagi yangiliklarni suhbatlashdi. Bugungi kunda davlat tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar sabab ko'pchilik yoshlar ta'lim tizimida yangi metodlar asosida o'qiyotgani chet elda malaka oshirish bo'yicha grantlarga ega bo'lib, o'z bilimlarini yanada mustahkamlayotganini ta'kidladi. Ustozlarning hayotdagi shiori ta'lim bergan shogirdlarining yo'lini topib hayotda o'z o'rniga ega bo'lgani o'qituvchining eng katta yutug'i hisoblanadi.

Xalqimizning bir naqlida: "Sen odomlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, bug'doy ek, o'n yil yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, ta'lim-tarbiya ber" deyilgan. Shu bois ustoz va murabbiylarni qancha ulug'lasak oz. Sharafli kasbingizda, yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda charchamanglar.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
1.6K views15:54
Ochish/sharhlash
2022-09-27 18:54:22
1.5K views15:54
Ochish/sharhlash