Get Mystery Box with random crypto!

#Beruniy tumanida bo'lib o'tgan ko'rik tanlovda fan, adabiyot, | BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL

#Beruniy tumanida bo'lib o'tgan ko'rik tanlovda fan, adabiyot, ta'lim, san'at, sport va jamoatchilik faoliyatida yutuqlarga erishgan iste'dodli qizlar ishtirok etdi. Beruniy tumani hokimining o'rinbosari, oila va xotin qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i S.Kozieva boshchiligidagi ishchi guruh tanlovga taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishdi.

#Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha alohida yutuqlarga erishgan o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan talabgorlarga beriladi.Tanlov g'oliblari tuman hokimligining diplom va qimmatbaxo sovg'alari bilan taqdirlandi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | YouTube | Instagram | Facebook | Telegram