Get Mystery Box with random crypto!

#Murojaat va natija #AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL QILINDI Elek | BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL

#Murojaat va natija

#AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL QILINDI

Elektr ta’minoti korxonasining hududlarda biriktirilgan mas’ul hodimlari tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy o’rganilib kelinmoqda.

Shu jumladan, Beruniy tumani "Turon" mahallasi hududidagi 118-sonli transformatorda elektr energiyasi bilan ta'minlanivchi  aholi tomonidan, xonodonlarda  elektr energiyasi kuchlanishi pastligi  hamda ustinning bir tarafga og'ganligi to'g'risida murojaat qilingan edi. 

Ushbu murojaat  tuman elektr ta’minoti korxonasi hodimlari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi va tezkorlik bilan muammo bartaraf etildi. Ustin to'g'irlandi va qo'shimcha ravishda 150 metr sim tortildi. Buning natijasda aholi sifatli va uzliksiz elektr energiya bilan taminladi.

#Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tumandagi barcha hududlarda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati