Get Mystery Box with random crypto!

#Ziyorat maskanlarini obodonlashtirish ishlari #Savob ishni ha | BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL

#Ziyorat maskanlarini obodonlashtirish ishlari
#Savob ishni har kim har kun qilish kerak

#Beruniy tumanida ziyorat joylari birmuncha ko'p bo'lib, bu ham o'ziga yarasha alohida tarixga ega. Hududni ta'mirlash va ziyoratchilarga qulayliklar yaratish maqsadida obodonlashtirish ishlarini olib borishga bugungi kunda katta e'tibor berilmoqda. Birgina tumandagi 10 asrga oid eng katta Sulton Uvays Qorayniy va Shayx Abbos Valiy ziyoratgohlari tuman hokimining tashabbusi va xalq xashar yo'li bilan obod maskanga aylantirilgan.

#Guliston mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi Kechirmas bobo ziyoratgohi ham bugungi kunda aholi boradigan qadamjolardan biri. Tuman hokimi A.Saparbayev bu yerga tashrif buyuruvchi ziyoratchilarga yetarli zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida bir guruh mas'ullarga topshiriqlar berdi. Kechirmas bobo qadamjosida joriy yilda eski devori va yoritish tizimi ta'mirlangan edi. Endilikda ziyoratgohning ichki qismidagi binolar ta'mirlanadi, qo'shimcha qulayliklar yaratiladi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | YouTube | Instagram | Facebook | Telegram