Get Mystery Box with random crypto!

#Beruniy tibbiyoti yangiliklari #Tibbiyotdagi islohatlar inson | BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL

#Beruniy tibbiyoti yangiliklari
#Tibbiyotdagi islohatlar inson qadri uchun


Ózbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil oktyabr oyidagi PF-5254-son farmon ijrosini ta'minlash maqsadida zamonaviy texnologik jarrohlik amaliyotlari barcha hududlarda amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Qoraqalpog'iston Respublikasida ilk marotaba laboraskapik bachadon eksterpatsiyasi  va bachadon tushma kasalligi uchun plastik operatsiya muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi.
[ Bachadon o'smasi] miyoma

#E'tiborli  tomoni mazkur operatsiya maxsus 4 ta teshikchalardan labaraskop apparati va uning anjomlari qorin boshlig'iga huddi robotlardek kirgizib, elektrohirurgik metodikasida bachadon kesib olinadi  va pastga tushib turgan qin qorin boshlig'iga plastik tiklanadi.

Oldin xabar berganimizdek mazkur jarrohlik amaliyotini oliy toifali mutaxassislar B.O'razaliyev hamda A.Qutlimuratov amalga oshirdi.

Bemor ahvoli hozirda yaxshi.

Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi matbuot
xizmati:https://t.me/Tibbiyot_birlashmasi2