Get Mystery Box with random crypto!

Bilimlar poydevori boshlang’ich ta’lim 2022-2023 yangi o'qu | BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL

Bilimlar poydevori boshlang’ich ta’lim

2022-2023 yangi o'quv yilida maktablarda sentyabr oyi “Boshlang'ich ta’lim” fani oyligi munosabati bilan 14-maktabda ochiq darslar tashkil qilindi.
Beruniy tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 14-maktabda boshlang’ich sinflar o’rtasida ochiq dars bo’lib o’tdi. Tadbirda boshlangich sinf fan o’qituvchilaridan 5 nafar o’qituvchi ochiq darslarni o’tkazdi.

O’qituvchilar dars jaroyonida o’zlarining qiziqarli va yangi metodlardan foydalangan holda darslarni olib bordi.
Ochiq darsga Xalq ta’limi bo’limi xodimlari va tumanning ko’pgina o’qituvchilari tarif buyurib, qiziqish bilan kuzatishdi.

Shu bilan bir qatorda, kuz faslida mexrjon ya'ni hosil bayramini ótkazish sharq xalqlarida tarixan shakllangan va asarlarda óz ifodasini topganligi munosabati bilan bayram tadbiri ham tashkil qilindi. Bu ǵoyalarni yosh avlodga singdirish, ularni tabiatga yanada yaqin bólishi uchun boshlanǵich sinf óquvchilariga "Mexrjon bayrami" qiziqarli tarzda olib borildi.

O’quvchilar o’rtasida bayram tadbiriga bag’ishlangan raqs, she’r va qo’shiqlar ham ijro qilindi. Bu kabi fanga bag’ishlangan tadbirlar va bayramlar o’qituvchi va o’quvchilarning kayfiyatini kutaringki bo’lishiga va yangi metod va bilimlari bilan fikr almashishiga sabab bo’ladi.

Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati