Get Mystery Box with random crypto!

Loyalty yoxud sodiqlik Loyalty inglizcha so’z bo’lib sodiqlik | Full marketing (Berdiyev)

Loyalty yoxud sodiqlik

Loyalty inglizcha so’z bo’lib sodiqlik ma’nosini bildiradi. Marketingga esa bu so’z “brand loyalty” kabi kirdi. Ya’ni mijozlarning bir brendga sodiqligi

Sodiqlik o’zi nima deysizmi?

Masalan, men do’konga bordim va CocaCola yo’q ekanini ko’rib, boshqa do’konga CocaCola izlagani borishim - bu brand loyalty (brendga sodiqlik) deb ataladi

Yanada tushuntirsam, kimdir, bir mahsulot olish uchun borsa va o’sha mahsulot u do’konda tugagan bo’lsa yoki yo’q bo’lsa, o’sha odam shu mahsulot uchun boshqa do’konga borishi, alternative variant tanlamasligi

Har qanday kompaniya sodiq mijozlarni topishga intilishi kerak yoki o’sha bor mijozlarni sodiq mijozga aylantirish uchun “Sodiqlik dasturi” tuzib chiqishi shart

Sodiq mijozlar hech qachon boshqa kompaniya mahsulotidan foydalanmaydi (masalan, BMW ga moyillar Mersedesda yurishni xohlamaydi, Iphone ga moyillar esa Samsungni xohlashmaydi, Samsungga moyillar Iphone ni xohlashmaydi)

Xulosa shuki, har bir kompaniya mijozlarini sodiq mijoz bo’lishga harakat qilish kerak va “Sodiqlik dasturi” ishlab chiqishi kerak, agar biznes bardavom bo’lishini istasa

Yaqinlarga ham ulashing

https://t.me/Berdiyevmarketinguz