Get Mystery Box with random crypto!

Men u emasman 20-qism Anjelina Bonning gaplarid | lHɪᴋᴍᴀᴛʟɪ•Hɪᴋᴏʏᴀᴍ ʏᴏᴢᴜᴠᴄʜɪ: sʜᴀxʀɪᴢᴏᴅᴀ

Men u emasman
20-qism
Anjelina Bonning gaplaridan so'ng haqiqiy aktrisalardek rol o'ynashni boshladi. Bu esa Lizaga yoqmayotgan edi.
Kech bo'lgach Bon Anjelinani uyga kuzatib qo'ydi so'ng o'z uyga ketdi.

Anjelina bugungi kuni haqida ota onasiga aytib berdi. Ancha vaqtgacha suxbatlashib otirishdi. Xonasiga kirib Rozalinaga qo'ng'iroq qildi. Uzoq gudokdan so'ng Roza javob berdi
-Alo
-Roza
-Anjeli yaxshimisan
-Seni sog'inib ketdim
-Men ham Anjeli
-Ertaga darsdan so'ng suratga olish maydoniga men bilan borasanmi?
-Bilmadim, men ham ko'rgazmaga chiqish uchun tayorlanyapman bosh vaqtim yo'q
-Eh
-Hafa bolma sen uchun vaqt ajrataman.
Qizlar ancha vaqtgacha shunday suxbatlashib otirishdi so'ng Don xonaga kirib keldi Roza Anjeli bilan xayrlashib goshakni qo'yib qo'ydi so'ng.
-Charchamadingmi Don
-Yo'q deb yotoqga o'zini o'tdi shunchalar charchaganidan qimirlamay yostiqni ushlagancha jim yotardi
-Charchamaganga ohshamaysan
-Ha bugun og'ir kun bo'ldi
-Gapitib ber deb Donning oyog'idan paypoqlarini yechib masaj qilishni boshladi.
Don ancha yengil bo'lgach
-Bugun omborxona yonib ketdi va barcha mollarimiz kul bo'ldi
-Vay, nima sababdan yong'in bolishi mumkun
- omborxonani qasddan yoqib yuborgan
-Kim qilishi mumkin deb oylaysan
-Bilamdim, dushmanlarimiz ko'pligidan kim qilganini bilmayapman.
-Hammasi yaxshi bo'ladi.
-Eh Roza aytish oson ammo u yerda ming millon dollirlik mollar bor edi. Otamdan dakki eshitdim endi qoriqchilarni ko'paytirish kerak bu boshqa takrorlanmasligi lozim
-Don men senga yordam beraman
-Nima sen a?
Deb kulib yubordi
-Ha nima
-Sen hatto qolingga qurol ushlamagansan ku deb Rozani ustidan kular edi.
-Hey kulma Don deb yastiq bilan Donning har qayog'iga urishni boshladi.
-Bo'ldi bas qil deb yostiqni tortib oldi.
Roza yosh bolaga o'xshab moltilab qarab turardi Donga
-Hop mayli yordam berishingiz mumkun malikam deb Rozani bag'riga bosib oldi. Roza uyalib ketdi.
-Ertaga meni quroldan qanday foydalanishni orgatasan.
-Kelishdik deb yanog'idan opib qoydi
-Roza seni oldingda barcha tashvishlarimni unutaman, hatto hozirgi holatda ham sen meni kulishga majbur qilding deb mahkam quchdi.
-Ey bo'ldi hozi olib qolaman
Don qo'yib yubordi
-Don seni nega kipriklaring menikidan uzun
-Ey bas qil uxlasangchi! Ertaga barvaqt darsga borishing kerak.
-Nima deb oylaysan men ko'rgazmada yutimanmi?
Don ko'zlarini yumgancha gapirishni boshladi
-Bu dunyoda fikrlashni o'rgangan va uni doim qo'llab yurgan insonlar yutadi. Buni qanday amalga oshirishni bilmaysanmi? Nega deb o'zingga savol berishni o'rgan!
-Ya'ni?
-Nega ertaroq turishim kerak?  Javobini topsang ertalab turishing osonlashadi.
Nega aynan bu ishni tanlaganman? agar topsang ishingda baxtliroq bo'lasan.
Nega mendan ko'ra uni ko'proq hurmat qilishadi?
Chunki u inson boshqalarga xuddi shunday munosabatda bo'lar.
Nega men bu yo'ldan ketyapman?kelajagingni aniqroq ko'rasan.
Nega hozir internetdaman?
vaqtingni isrof qilishni to'xtatasan.
Nega rejalarim o'xshamayapti?
Intizomli bo'lishni o'rganasan.
Nega men emas u? o'z xatolaringni ko'ra boshlaysan.
Nega? Nega? Nega?  Har bir vaziyatga nega deb tanqidiy yondashar ekanmiz, albatta, uning javobini topamiz.
-Ha endi men ham "Nega" savolini o'zimga ko'p aytaman va javob topaman
-Voy mani Aqilligim deb yonog'idan opib qoydida
-Endi uxlay qo'l men ishga borishim kerak
— Kel òyin òynaymiz..!
    — Uf ,Xòsh, qanday..?
— Men bir sòz aytaman, sen uning sinonimini topasan!
     — Xop, boshla...
— G'am...
    — Qayg'u...
— Dard...
    — Og'riq...
— Sevgi...
    — Sen...
— Baxt...
    — Biz...!
— vaay...)
- Bo'ldi uxla endi
-Ho'p bo'ladi deb ko'zlarini yumdi va uxlab qo'ldi.

Davomi bor......
Muallif: #Mirabell