Get Mystery Box with random crypto!

Benim _kutuphanem📚

Telegram kanalining logotibi benim_kutuphannem — Benim _kutuphanem📚 B
Telegram kanalining logotibi benim_kutuphannem — Benim _kutuphanem📚
Kanal manzili: @benim_kutuphannem
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 283
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum rahmatulloh va barokuh
"Alloh suygan bandasiga kitob tutqizib qo'yadi, ilm va taqvo yo'liga boshlaydi"
Murojaat uchun👉 @benim_kutuphannembot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-20 14:07:43
Test vaqti

Jamiki payg'ambarlar 124 mingta bo'lib, Qur'oni Karimda ulardan 25 tasining ismlari zikr etilgan boʻlib shulardan biri Yusuf alayhissalom nechi yil umr koʻrgan?
204 views11:07
Ochish/sharhlash
2023-03-20 13:58:14 #iqtibos lar

YAXSHI O‘QITUVCHI HAQIQATNI TOPISHGA O‘RGATADI

"Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir."

V.Gyugo

"Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’yaqoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi."

A.Disterveg

"Tafakkur va xotira o’zaro bog’liq, chunki tafakkur o’tmishdagi hayotiy tajribaga asoslanadi."

Norman

"Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to’yg’azadi."

Yapon maqoli.

"Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz."

F. Volter

"Kitob odamni - bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi."

F. Bekon

https://t.me/benim_kutuphannem
185 views10:58
Ochish/sharhlash
2023-03-20 13:45:02 #mutolaa #foydali


Gʻazab haqida Rasululloh alayhissalom, bunday deganlar: “Boʻlinmanglar, oʻzaro dushmanchilik ham qilmanglar. Gʻazabnok ham boʻlmanglar va hasad qilmanglar! Allohning bir-birlariga aka-uka boʻlgan bandalaridan boʻling! Musulmon musulmon birodariga uch kundan ortiq gina saqlashi halol emas”.

“Moʻminning moʻminga uch kundan ortiq gina saqlashi haromdir. Uch kun oʻtgan boʻlsa, borib unga salom bersin. Agar u ham salomga salom qaytarsa, ikkalalari savobga mustahikdirlar. Agar salomni qaytarmasa, u gunohkor boʻladi. Salom bergan esa ginasidan chiqib, savobga ega boʻladi”.

Uch kun! Bu muddatda har qanday inson oʻz gʻazabi va qiziqqonligidan qaytadi. Uch kundan keyin musulmon oʻz birodari bilan munosabatini avvalgiday davom etgirishi lozim.

Inson har qanday nizo-janjalda yo zolim, yo mazlum boʻlib chiqadi. Agar boshqalarning haqqini poymol qiladigan dushman boʻlsa, unda oʻz xatosidan qaytib, oʻzini isloh qilsin. Bilib qoʻysin, qalbini xusumat bilan toʻlgʻazgan odam oʻzidagi gʻazabni hargiz ketkaza olmaydi.

Aytilishicha, gʻazab gʻazab qilinayotgan odamga zarar yetkazishni xohlashdir.


https://t.me/benim_kutuphannem
161 viewsedited  10:45
Ochish/sharhlash
2023-03-20 07:52:10
#diniy_test

Oisha onamiz janozalariga kim imomlik qilgan?
110 views04:52
Ochish/sharhlash
2023-03-19 21:34:38
#motivatsiya

Juda kuchli mativatsiya oʻzimiz uchun kerakli xulosalar olamiz

https://t.me/benim_kutuphannem
94 viewsedited  18:34
Ochish/sharhlash
2023-03-18 10:57:26 #ibratli_hikoya

Alloh uchun "Alloh "desaydim.

Alloh uchun do‘stlashgan ikki cho‘pon bo‘lgan ekan. Bir kuni ikkovlon so‘zlashib o‘tirib, biri dardini aytib qolibdi:

— Do‘stim, men oshiq bo‘ldim...

— Alloh xayrli qilsin! Nega mahzunsan? Kimga oshiq bo‘lding?

— Podshohning qiziga. Unga yetishish mening buyuk orzuim.

— Shunaqami? Nima qilsak ekan? Ha, topdim. Bir paytlar men safarda orif zot bilan birga bo‘lgan edim. O‘sha zotdan so‘raymiz.

Ikki do‘st o‘sha orif zotning oldiga borib, vaziyatni tushuntirishibdi.

— Buning yo‘li oson, — debdi orif zot. — Falon yerdagi g‘orga borasan, qirq kun tinmay “Alloh, Alloh, Alloh” deysan.

Yigit rozi bo‘lib, orif aytgan ishni boshlabdi. O‘n kun o‘tibdi, o‘n besh kun o‘tibdi. Yigit garchi tili “Alloh” desa-da, xayolida podshohning qizini tasavvur qilib zikrni davom ettiraveribdi. 25 kunlardan keyin butun shahar bu darveshning holidan ogoh bo‘lib, so‘zlay boshlabdi: “Ko‘rdingizmi, bir darvesh g‘orda tunu kun Allohni zikr etyapti. Qandayin go‘zal!”

Yigit odamlarga e’tibor bermas, holdan toyib qolgan bo‘lsa ham, podshohning qizi visolida, tinmay zikr etar va qirqinchi kunni astoydil kutar edi.

Bu gap-so‘zlar podshohning saroyiga ham borgach, vazirlar:

— Podshohim, bilasiz, valiylar kelgan joylarga Allohning barakasi nozil bo‘ladi, odamlarda muhabbat paydo bo‘ladi. Qanday qilib u zotni shahrimizda olib qolsak ekan? — deyishibdi.

— Saroyim oldiga bir saroy qursak, qabul etarmikan?

— Yo‘q, orif zotlar mol-dunyoga qarashmaydi.

— Vazirlikni bersam-chi?

— Uni ham qabul etmaydi.
— Unda nimani maslahat bersasizlar?

— Karimangizni unga nikohlab bering.

— Agar valiy zot qabul qilsalar, bu menga ham sharaf.

Qirqinchi kun yetib kelibdi. Shu kunda podshoh va uning a’yonlari, yigitning do‘sti darveshning huzuriga borishibdi. Yigit tasbeh bilan hamon zikr qilardi. Yigit zikrni to‘xtatishi bilan podshoh salom berib, so‘rabdi:

— Hazrat, sizning bu yurtda bo‘lishingiz bizga sharaf. Buyuring, sizga bir saroy qurdiraman.

— Keragi yo‘q.

— Unda keling, yurtni birga boshqaraylik.

— Yo‘q.

— So‘nggi umidim shuki, mening bir qizim bor. Garchi sizga loyiq bo‘lmasa-da, uni nikohingizga olsangiz.

— Yo‘q.

Shunda cho‘ponning do‘sti yugurib, uning oldiga kelibdi-da, so‘rabdi:

— Qirq kunki, zahmat chekib shu podshohning qizi uchun zikr etding-ku. Endi nega undan voz kechyapsan?

Do‘sti tabassum qildi-da, shunday javob berdi:

— Men qirq kun podshohning qizi uchun “Alloh” deganimga huzurimda podshohu vazirlar tiz cho‘kyapti. Agar Alloh uchun “Alloh” desaydim, nelar bo‘lmasdi...



@benim_kutubhanem
111 views07:57
Ochish/sharhlash
2023-03-17 19:28:39
#iqtibos

Tushunmaslik ishonchsizlikni tug'diradi...


''Da Vinchi siri'' – Den Braun

@benim_kutubhanem
77 views16:28
Ochish/sharhlash
2023-03-17 18:03:26
Чин муҳаббат изҳорини фақат қабристонлар, шифохоналар ва тайёрагоҳларда кўрдим. Биз инсонлар шундаймиз — севганларимизни охирги лаҳзалардагина эслаймиз.
***
Аҳмад Холид Тавфиқ

Telegram | Instagram | Facebook | You tube
77 views15:03
Ochish/sharhlash