Get Mystery Box with random crypto!

Sevgan inson(mahram)iga uni qanchalar sevishi, hayotidagi o'rn | Benim _kutuphanem📚

Sevgan inson(mahram)iga uni qanchalar sevishi, hayotidagi o'rnini ayta olmaslikning 2 sababi bor.
1) O'sha kishisi  hayotni tark etgan.
2) G'urur tufayli.
Agar sizning yaqin insoningiz vafot etgan bo'lsa unga bo'lgan muhabbatingizni aytish, uning haqqiga Allohdan mag'firat so'rashlik bilan amalga oshadi.
U inson tirik bo'lsa ham, duolaringiz orqali uni yodga olishingiz ham muhabbat.
Ammo, u inson hayot bo'lsayu, unga iliq so'zlarni aytmayatgan bo'lsangiz, bilingki, siz o'ta ketgan Ahmoqsiz.
Chunki, eng yaqin insonim deysiz-u, unga nisbatan qalbingizda g'urur bor.
Agar aytsam, u qanday o'ylar ekan? degan hayol sizni boshqaradi. Va bu ham shaytondan.
Agar g'ururingizni hayday olmasangiz, u insonni faqat vafot etganidan so'ng eslay olasiz.
Undan oldin vafot etmasangiz albatta.
(Umumiy insonlar dedim. Agar u inson Ota-Ona bo'ladigan bo'lsa, bunday gap so'zlarni keragi yo'q. Shunchaki Yaramas insonsiz. Chunki begona bo'lgan kimgadir o'z nafsiz uchun har qanday so'zni ayta olasiz, ammo ota onangizga buni aytishga *g'ururiz* qo'ymaydi.
Eh....siz ota-onangizni yo'qotmaguncha so'zlarimni his qilolarmidiz)