Get Mystery Box with random crypto!

Benim _kutuphanem📚

Telegram kanalining logotibi benim_kutubhanem — Benim _kutuphanem📚 B
Telegram kanalining logotibi benim_kutubhanem — Benim _kutuphanem📚
Kanal manzili: @benim_kutubhanem
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 165
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum rahmatulloh va barokuh
"Alloh suygan bandasiga kitob tutqizib qo'yadi, ilm va taqvo yo'liga boshlaydi"
#iqtiboslar
#taqrizlar
#paygʻambarlar_qissasi
#audio_kitob qidirayotganlar uchun @book_loovers
Murojaat uchun👉 @booklove_mebot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-01-01 06:34:41
Ey nafsim!
Bilaman, sen ham menga imtihon qilib berilgansan. Vazifangni bajaryapsan, ammo bu kurashda men ham seni yengishni oliy maqsadim qilib olganman. Axir, bilmaysanmi, ikkimizni ham Alloh yaratgan!
Insof qil, baraka topgur!
Jonim hiqildog'imga keldi. Men bilan ishing tamom bo'ldi. Meni o'ylamasang ham, o'zingni o'yla, axir bu ketishda xalok bo'lasanku!!!
Meni ham, o'zingni ham oxiri zulmat bo'lgan yo'lga sudrama. Sen kuchli bo'lsang ham bilginki, senga aslo ergashmayman. Chunki men ishq nurini ko'rdim. Bor yog'imni Unga, Allohga fido qildim.
Modomiki men kuchli ekanman, sendagi shuncha o'jarlik, isyon nima uchun?!
Sababi nima?!
Tafakkur qilmaysanmi?!
Hali ham tushunib yetmadingmi?!
Men aslo Alloh yo'lidan, Uning hidoyatidan qaytmayman! Yoki menga ergashgin, bo'lmasa, bas qilgin, nafsim!!!

"Bas qil ey nafs" kitobidan

@benim_kutubhanem
159 viewsedited  03:34
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:51:31 Agar bir insonning qalbida seni sevish uchun mittigina xohish boʻlsa, u seni finjonni qanday ushlashingga ham oshiq boʻla oladi.

"To'siqlarga qaramay sevdik"
Mirach Chag‘ri Oqtosh
131 viewsedited  15:51
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:50:43 His-tuyg'ular insonni inson qiladi. His-tuyg'ular harakatdagi quvvat bo'lib, quvvatni uyg'otadi. O'z his-tuyg'ularingiz bilan rostgo'y bo'ling, aqlingiz va his-tuyg'ularingizni o'z foydangizga ishlating, zararingizga emas. O'z his-tuyg'ularingizni kuzating, ularga qarshi harakat qilmang. Ko'pchilik o'zlarining his-tuyg'ulari fikrlash tarziga ta'sir qilishini tushunmaydi. Sizlarning dunyoqarashingiz, nuqtai nazaringiz bo'lishi kerak.

Boy ota, kambag'al ota
Robert T. Kiyosaki
128 views15:50
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:31:02 Orzuyim, qayta orzu qilmaslikdir.

Pak Van So
116 views15:31
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:47:49 Hech qachon sabringni yo'qotma. Chunki bu eshikni ochuvchi so'nggi kalitdir.

"Kichkina shahzoda"


@benim_kutubhanem
94 views14:47
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:46:41 #iqtibos

Biz sevadiganlarimiz ustidan hukmronlik oʻrnata olmaymiz.

Sevgi bu nafaqat tuygʻu, balki sanʼat hamdir. U hech nimaga yaramaydigan oddiy soʻzlar bilan ayol qalbini toʻlqinlantira oladigan buyuk sanʼatkorni kashf etadi.

Onore de Balzak


@benim_kutubhanem
98 views14:46
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:45:07 Siz yaxshisiz, ammo yuragingiz bo'm-bo'sh. Fido bo'lishga arzimaysiz...

"Kichkina shahzoda"
Ekzuperi

@benim_kutubhanem
79 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:44:34 Faqat axmoq odamgina o'limga yaqinlashtiruvchi yillarni nishonlashi mumkin.

Bernard Shou

@benim_kutubhanem
77 views14:44
Ochish/sharhlash
2022-12-31 12:51:40 #bilasizmi
#nabiylar_siyrati

Qur'oni Karimda ismi zikr etilgan payg'ambarlar

Jamiki payg'ambarlar 124 mingta bo'lib, Qur'oni Karimda ulardan 25 tasining ismlari zikr etilgan. Ularning tartibi quyidagichadir:

1. Odam alayhissalom (1000 yoki 960 yil umr ko'rganlar.)

2. Idris alayhissalom (365 yil umr ko'rganlar.)

3. Nuh alayhissalom (950 yil umr ko'rganlar.)

4. Hud alayhissalom (150 yil umr ko'rganlar.)

5. Solih alayhissalom (58 yil umr ko'rganlar.)

6. Ibrohim alayhissalom (175 yil umr ko'rganlar.)

7. Lut alayhissalom (80-168 yil atrofida umr ko'rganlar.)

8. Ismoil alayhissalom (137 yil umr ko'rganlar.)

9. Is'hoq alayhissalom (180 yil umr ko'rganlar.)

10. Ya'qub alayhissalom (147 yil umr ko'rganlar.)

11. Yusuf alayhissalom (120 yil umr ko'rganlar.)

12. Ayyub alayhissalom (93 yil umr ko'rganlar.)

13. Shuayb alayhissalom (Qancha umr ko'rganlari noma'lum.)

14. Muso alayhissalom (120 yil umr ko'rganlar.)

15. Horun alayhissalom (Qancha umr ko'rganlari noma'lum.)

16. Zulkifl alayhissalom (75 yil umr ko'rganlar.)

17. Dovud alayhissalom (100 yil umr ko'rganlar.)

18. Sulaymon alayhissalom (80 yil umr ko'rganlar.)

19. Ilyos alayhissalom (Qancha umr ko'rganlari noma'lum.)

20. Alyasa alayhissalom (Qancha umr ko'rganlari noma'lum.)

21. Yunus alayhissalom (83 yil umr ko'rganlar.)

22. Zakariyo alayhissalom (120 yil umr ko'rganlar.)

23. Yahyo alayhissalom (35 yil umr ko'rganlar.)

24. Iso alayhissalom (40 yil umr ko'rganlar.)

25. Muhammad sollallohu alayhi va sallam (63 yil umr ko'rganlar.)

Qur'oni Karimda yana Luqmon va Uzayr ismlari ham mavjud bo'lib, ularning payg'ambar bo'lgan-bo'lmaganliklari ixtiloflidir. Bunda go'libroq so'zga ko'ra, ular solih bandalar bo'lishgan.

Paygʻambarlar hayotini oʻrganish har bir musulmon uchun sunnat qilingan amallardan biri hisoblanadi.

@benim_kutubhanem
84 viewsedited  09:51
Ochish/sharhlash