Get Mystery Box with random crypto!

Uni gapidan keyin na xafa bo‘lishni bildim va na xursand bo‘li | Моя вселенная🌬

Uni gapidan keyin na xafa bo‘lishni bildim va na xursand bo‘lishni.mashinadan tezda tushib orqamga qaramay keta boshladim ko‘zlarimdan esa tinimsiz yoshlar oqardi men yana qochdim shunchaki qochdim qochishni afzal bildim nega men bunaqa g‘ururliman hatto unga bir so‘zimni ham ko‘p ko‘raman
Axir men ham uni undan kam sog‘inganim yo‘q nega aytmadim bu lanati g‘urur o‘tamizdagi eng katta to‘siq
Umidni eslashim bilan xursand bo‘lib quchdim nega u menga umiddanda qadrli bo‘lsa ham hattoki bir so‘zimni ko‘p ko‘rdim aslida negalar juda ko‘p ammo javob yo‘q.Faqat birgina javobni bilaman xolos men sevara bilan tarsakilar yoki boshqa narsa deb janjallashmayapman men uni rashk qilyapman xuddiki uni o‘sha qiz tortib oladigandek endigina o‘zimga qadrli insonimni topganimda uni mendan uzoqlashtiradigandek.
Uyga borsam dadam mehmonxonada xayol surgancha qandilga qarab turardilar negadir ich ichimdan juda sevindim balki dadam uydaliklari uchundir.Yosh bolalarcha yugurib borib bo‘yinlaridan quchib oldim.
-Assalomu aleykum dadajon
-Ona qizim o‘zimni erkalagandek bo‘ldilar
-Kecha qayerda ekanligimni so‘ramaysizmi
-Yo‘q
-Nima uchun? negadir o‘zimni yomon his qildim balki etiborsizlikdandir ammo bu uzoqqa cho‘zilgani
-Chunki men senga o‘zimdan ham ko‘p ishonaman qizim yuzimni yerga qaratmasligingni ham bilaman yana xayollar olamimga sho‘ng‘imoqchi bo‘lganimda dadam gapirib qoldilar
-Hey xayolparast qiz sen hayollarga berilma bugun tunda bir bazm bor sen ham borasan
-Siz ham meni qanaqaligimni bilasiza
-Albatta axir otangman oyinga juda o‘xshaysan hatto xayolparastliging ham o‘xshaydi dadam birdan mayus tortib qoldilar
Men ham tezda gapni burib yubordim....