Get Mystery Box with random crypto!

#dõst #lotin Do'st haqida yozish balki men uchun emasdir sabab | Kitoblar nuri✨

#dõst
#lotin
Do'st haqida yozish balki men uchun emasdir sababi meni do'stlarim unchalik ko'p emas sanoqligina bu yovvoyi ekanimga dalolat qilmaydi lekin Ota-bobolarimizning bir maqoli esimda "oz bo'lsinu-soz bo'lsin" men bu maqolga o'ta amal qilaman do'st degani faqat qiyin vaqtingda emas(hozir shunaqa gaplar ko'paygan"do'stlr faqat qiyin vaqtda bilinadi'")Turmushingning chiroyli bo'lgan vaqtida ham bilinadi
Ko'plab olimlarning ta'kidlashicha inson ma'naviy energiyani Uch toifadan olarkan
1- Oila
2- Do'st
3-Kitobdan
Demak bizga hamma vaqt do'stlar kerak.
Inson ba'zida dardini muammosini oilasiga aytishdan hijolat chekadi ana o'sha payt do'stingni topasan.
Inson Yonida oilasidan tashqari U bilan suhbatlashishni istaydigon insonni izlab qoladi ana o'sha payt do'stingni topasan.
Insonga doimo seni o'zi bilan bir biladigon va qadrlaydigon inson kerak o'sha payt do'stlik o'z kuchini ko'rsatadi.
Inson birga kulishadigon birga yig'lashadigon va jannatga birga kiradigon do'stga muhtoj.
Inson har qachon bir ishonchga zor Senga oilang ham ishonmagan vaqtlar senga do'stim deya oladigon Inson do'sting bo'ladi.
Do'st degani bir qiyinchilikda tashlab ketadi dema sen bir hato qilibsan alloh seni do'st kabi ne'matdan mahrum etibdi.
Misol men Nima qilishimni bilmay qolganimda do'stlarim bilan gaplashaman ular bilan dardimni bo'lishmasamda ular meni eski hotiralarga va beg'amlikga yetaklaydilar men ular bilan suhbatlashganimda yuragimda allaqanday shirin tuyg'u paydo bo'ladi biz birbirimizga masofaviy uzoq bo'lsada o'rtada bizni birbirimizdan ayira olmaydigom misoli ko'rinmas va mo'jizaviy arqon bor
Do'st Bizni Quvonchimiz va Malhamimizdir Ularni qadrlaylik va ular bilan Maroqli vaqt o'tqazishga harakat qilaylik.