Daryo boʻlib yashang.... Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradig | 𝑩𝒆𝒏𝒊𝒎 𝒅𝒖𝒏𝒚𝒂𝒎🖤
Daryo boʻlib yashang....
Ustoz hamisha hayotdan nolib yuradigan, oʻzini baxtsiz hisoblaydigan shogirdiga piyolada suv uzatdi-da, unga bir siqim tuz aralashtirib, tatib koʻrishni buyurdi. Yigit aytilgan ishni qildi. – Taʼmi qanaqa ekan? – soʻradi ustoz. – Shoʻrligidan tilni oʻyaman, deydi-ya! Ustoz shogirdini daryo boʻyiga olib bordi. Yana bir siqim tuz uzatar ekan, dedi: – Endi buni daryoga tashlab, suvning mazasini totib koʻr. Yigit bu safar suvni huzur bilan ichdi. – Xoʻsh, shoʻrligi sezildimi? Mazasi qanaqa ekan? – Ajoyib. Shoʻri yoʻq boʻlib ketibdi, umuman sezilmadi. Bu soʻzlardan mamnun boʻlgan ustoz nasihat qildi: – Hayot qiyinchiliklari bir siqim tuzdek gap. Qalbingni keng qilsang, bilinmay ketadi. Hayotda misoli bir piyola suv emas, daryo boʻlib yashashni oʻrgan...!