Get Mystery Box with random crypto!

Yozni zakovat bilan yakunla! Ha, dòstlar, aynan shunday | ☆BEMINNAT SAVOLLAR☆

Yozni zakovat bilan yakunla!


Ha, dòstlar, aynan shunday
Biz, Andijon davlat tibbiyot instituti zakovat klubi jamoasi, sizlar uchun yozning sònggi kunini ham yuqori kayfiyat, òziga xos adrenalin bilan yakunlanishini maqsad qildik


Demak, 31-avgust soat 21:00

https://t.me/ADTI_Zakovat_klub

kanalida jamoaviy kòrinishdagi, bitta òyindan iborat onlayn turnirimizni o'tkazamiz.

Ishtirok etish tartibi juda oddiy:

1. Jamoa tuzasiz-bunda ishtirokchilarga cheklovlar yòq, baribir cheklov qòyganimiz bilan òyin vaqtida bir jamoadan nechta ishtirokchi qatnashayotganligini bilmaymiz. Ishtirokchilar uchun yagona talab- bir ishtirokchi faqat bir jamoa tarkibida bòlishi kerak, xolos;

2. Jamoaga nom topasiz sardor tayinlaysiz;

3. Sardor jamoa nomi va tarkibini
@shoxjahon_abduraxmonov ga yuboradi;

4. Òyin vaqtida Google va shunga òxshash "yordamchilar" dan foydalanish òzingizni vazifasi noaniq, lekin oģriģi qattiq bòladigan vijdoningizga boģliq, ya'ni bu turnirda yutsangiz ham, yutqizsangiz ham uzoģi sizni maqtashimiz yoki tasalli berishimiz mumkin, xolos!

Ròyxatdan òtishning oxirgi muddati: 30-avgust soat 20:00 gacha!

https://t.me/ADTI_Zakovat_klub