Get Mystery Box with random crypto!

#sheʼr_zavqi #nafissher Yuragimga bosib uxlasam Yodingiz | ☆BEMINNAT SAVOLLAR☆

#sheʼr_zavqi



#nafissher

Yuragimga bosib uxlasam
Yodingizni, diydoringizni.
Bolam kabi quchib yig’lasam
Menga bergan ozoringizni.
Kaftingizda ochilsam gulday.
Tuningizning mohi men bo’lsam,
Hech kimsaga bildirmay chekkan.
Ko’ksingizning ohi men bo’lsam,
Nigohingiz panohlarida
Oydindagi maysadek o’ssam.
Nafasingiz titroqlaridan
Oqib ketsa ming yillik g’ussam.
Arsh ustiga o’qilsa nomim,
Darvozasin ochsa falaklar.
Ko’kdan tushsa g’ayb inomi,
Nikohimiz qiysa malaklar…
Sevaversam sizni bilmasdan,
Sevilsamu o’zim bilmasam..
Bag’ringizga borib o’lsamu
Bag’ringizdan qaytib kelmasam…
Shunday sevsam,
shunday yashasam,
Dilga yetsa pichoqlaringiz.
Ketay desam ikki dunyoda
Qo’yvormasa quchoqlaringiz…



Zebo_Mirzo

@beminnat_savol