Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yi | 🇺🇿 Beminnat CHQBT.O‘z.Res.XTV. Harbiy.ChT

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Yoshlarni keng jalb etgan holda «Vatan muqaddas, uni ximoya qilish»- sharafli burch!» shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘limi va a’zolari; viloyat udofa ishlari boshqarmasi. O‘zbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar viloyat kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi hamda viloyat MIB huzuridagi chaqiriluvichilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida chaqiriluvchilari va mahalliy yoshlar ishtirok etdi.