Get Mystery Box with random crypto!

Whole and Hole Bu so'zlarning yozilishi bir-biridan farq qi | BELIEVE STUDY

Whole and Hole

Bu so'zlarning yozilishi bir-biridan farq qilsada lekin ular birxil talaffuz qilinadi.

whole - butun / barcha

Bu so'z ko'pincha sifat yoki ravish so'z turkumlarida keladi va umumiylikni bildiradi.

hole - teshik / tuynuk

Bu so'z esa odatda ot shaklida keladi.

Agar ularning talaffuzi bir xil bo'lsa qanday qilib gaplashayotganda bu so'zlardan qaysibiri ishlatilganini bilib olish mumkin?

Yo'li bor. Siz bu so'zlarning gapda ishlatilayotgan o'rniga qarab qay biri ekanligini bilib olishingiz mumkin. Aytganimdek, bittasi ot bo'lib keladi ikkinchisi esa gapdagi otdan avval keladi. Ya'ni sifat yoki ravish bo'lib.

Shu kabi so'zlar ingliz tilida "homophones" deb ataladi. Ularning talaffuzi bir xil lekin yozilishi yoki ma'nosi boshqacha bo'ladi. Ha, yozilishi yoki ma'nosi.

Bunga ko'plab misollar topish mumkin. "Two, to, too" lar ham homophone hisoblanadi.

Siz yana boshqa shu kabi so'zlarni bilasizmi?

@Believestudyedu