Get Mystery Box with random crypto!

Ochig'i bunaqa fikrlar faqat ba'zi paytlarda keladi... Ko'proq | Bekzod Umar Ali

Ochig'i bunaqa fikrlar faqat ba'zi paytlarda keladi...
Ko'proq, 'bir tiyinga qimat' o'chirib tashlash haqida o'ylayman.
Shizik miyyam bilan odatdagidek qanaqadir bo'shliqdaman, shu sababli bir-necha kunli kayfiyatlarimdan birini ichida yashab turibman...

Keyingi, yangi maqsadlar tomon harakat boshlangandan so'ng ko'nglim tortmaydi - bunday g'alati o'zimga yoqmaydigan gaplarni yozib tashlashga...

Xammasi yaxshi o'qimaganligimdan boshlangan bunday critica, aslida judayam xushchaqchaq, kirishimli, qobiqlar ichida yashamaydigan bola bo'lganman, shunday xolatga yana qaytaman, qisqasi 2ta ko'zcham bilan ko'rib, barmoqchalarim bilan nimalarniki ko'rayotgan bo'lsam izohlab tushuntirib bera olaman.

Xar doimgidek, o'qiyapman, eshityapman, insonlarni, kitoblarni faqat reallikda emas, virtual ravishda...

Ko'p musiqa eshityapman, musiqa mani , daxshatli fikrlar bulutlari paydo bo'lib yo'qolishiga, kayfiyatimni o'zgarishiga olib keladi, jirkanchli-a? o'zimga umuman to'g'ri kelmaydigan ishlarni qilyapman, atrofdan bu narsalar normaga o'xshab ko'rinadi, lekin faqat 4-5kunga bunday xolat, qilayotgan o'ylayotgan ishlarimni deyarli hech kimga ko'rsatmasdan qilishga harakat qilaman(chekkanim yo)), bilyapman, faqat orqaga qarab ketyapman...


Keyingi 58kun ichida qilinmoqchi bo'lingan rejani 85+% bilan bajarsam, ishonaman, keyingi semestrdan o'zimga, karantindan avvalgi be.Ko_03 deyilgan Bekzodga qaytaman. Bunaqa ko'p o'ylayverish xatto jismoniyatimgaham ta'sir qiladi.


Odatda shuncha narsani yozish o'rniga bir-necha marta kanalni o'chirib tashlar edim. Bugungacha bo'lganiga buguncha yetadi. Xullas tugadi, something is processing, progressing...