Get Mystery Box with random crypto!

Qadrli yurtdoshlar, aziz tumandoshlar! Sizlarni eng ulugʻ va | Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati / Пресс-служба Хокимията Бектемирского района

Qadrli yurtdoshlar, aziz tumandoshlar!

Sizlarni eng ulugʻ va eng aziz ayyom, Vatanimizning muqaddas bayrami, unutilmas tarixiy sana – Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan muborakbod etaman.
Bu yilgi mustaqillik bayrami uchun tanlangan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori bejizga emas. Zero, yil davomida amalga oshirgan va olib borgan islohotlarimizning amaliy mazmunida inson qadri, uning haq-huquqi ustuvorlik qildi.
Olijanob, bagʻrikeng xalqimizga  sogʻlik-omonlik, goʻzal va betakror yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman.
Buyuk va muqaddas Yangi Oʻzbekistonimiz mangu bor boʻlsin!
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Hurmat va ehtirom bilan, 

Tuman hokimi Tapil Maxamadziyayev


Bektemir tumani hokimligi Matbuot xizmati
https://t.me/bektemirhokimligi