Get Mystery Box with random crypto!

Avatarka (Profil surati) Menga endigina tanishib, chiqishishn | Shaxsiy Blog

Avatarka (Profil surati)

Menga endigina tanishib, chiqishishni boshlagan yoki endigina tanishishni boshlagan odamlarni profil rasmlarini titkilab o'tirish yoqadi
Uning profil rasmiga qarab ijtimoiy tarmoq va ba'zida real hayotda ham o'zini qanday tutishini qisman bilib olsa bo'ladi.

Aslida profil rasmi insonning o'z rasmi turadigan joy. Lekin.... O'zingiz bilganingizdek bizda bu narsa juda kam (nafaqat bizda, balki ba'zi chet davlatlarda ham kuzatilib turadi).
Endi odamlarning profil rasmlarini ko'rganda u odam haqida qanday fikrlar kelishini aytsam :

-"Mashhurlarning rasmini qo'yuvchilar"-birorta mashhur insonni rasmlarini qo'yib olganlarni ko'rganda 2 xil fikr xayolimdan o'tadi. Agar o'sha mashhur inson takrorlanaversa demak u uning haqiqiy muxlislaridan biri. Agra bir-ikki marta chiqadigan bo'lsa, demak o'sha mashhur odamning birorta filmi yoki musiqasi yoqib qolgan bo'lishi mumkin;

-"Vorovskoylar"-teparoqdagi postda yozganimdek, profiliga mashinani to'xtatib qo'yib, yurganga o'xshatib yoki mafialarni bosslari yoki bo'lmasam 100$ liklarni rasmini qo'yib ustiga status yozib oladiganlar bilan esa umuman gaplashmaslikka harakat qilaman. Tanishlarimning katta qismi shunday qilishadi. Ularning 95% ga yaqin qismi real hayotda oddiy insonga aylanib olishadi. "Nima uchun bunaqa rasmlar qo'yasan?"-deb so'ralsa, deyarli hammasi mujmal javob beradi yoki shunchaki "avtoritet" deyish bilan qutulib ketadi. Shuning uchun ham bu tipdagi insonlardan bezganman. Ba'zida esa qandaydir mashina bilan yoki qoraytirilgan ko'zoynaklari bilan tushgan rasmlarini qo'yadilar;

"Babniklar"-o'zidan babnik yasab oladiganlar esa... Ko'pincha hayotda umuman qizlarga suyagi yo'q bola bo'lib chiqadi ;

"Patriot" va "Soxta patriotlar"-menimcha gerb yoki shunga o'xshash patriotizmni targ'ib qiluvchilar ham 2 turga bo'linadi. Birinchi turda rostan ham Vatanini yaxshi ko'ruvchi, patriot insonlar qo'yadi. Bunga hech qanday e'tiroz yo'q. Lekin shunday rasmlarni qo'yib turib, ko'chada ko'rib qolsangiz "Surish kerak, o'zi bu yerda..." deb davlatni tanqid qilib, ba'zida yomonotliqqa chiqarib qo'yuvchilar ham topiladi;

"Kreativ"-vanihoyat menga eng yoqadigan turlardan biri
Ular hech qayerda uchramaydigan rasmlarni topib qo'yadilar. Bunday insonlarga birinchi ko'rishdayoq anchagina hurmatim baland bo'ladi. Ular ko'p holatlarda samimiy, hazillarni tushuna oluvchi va quvnoq odam bo'ladilar. O'zimga yaqin insonlarni ham ba'zida "sher" bo'lgandan ko'ra shu turga kirgazishga harakat qilaman;

P.s: Qizlar haqida gapirmaslikka harakat qildim.

by: @umidjonov_b (or @misterdizayner )

Davomi bor...

@bekhruzblog