Get Mystery Box with random crypto!

​​#shunchaki #dialog - Tur bolam o'qishga kech qolasan. - Qa | 𝐁𝐄𝐊𝐀𝐓𝐈𝐌

​​#shunchaki #dialog

- Tur bolam o'qishga kech qolasan.
- Qanaqa o'qish, axir karantin-ku hozir.
- Qanaqa karantin?
- Koronavirusni aytyabman.
- Qanaqa koronavirus, yomon tush ko'rdingmi? Tur o'rningdan tez. Hali ukangni bog'chaga tashlashing kerak.
- Rostan ham hech narsa bo'lmadimi? Hammasi tushimda bo'ldimi. 2 oy uyda karantinda o'tirganim. Barcha futbol chempionatlari qoldirilgani, Komosh Amir Temurdan karantin qachon tugashini so'ragani, talabalar konspekt yozib rasmga olib o'qituvchisiga yuboryotgani, dollar kursi 10.000dan oshgani, Yulduz opa "primoy"da bir nimalar deb qo'ygani, Buxorodagi uylarni tomini shamol uchirgani, Sardobadan suv toshgani, Bekatim kanali 4 oydan beri obunachilarini 2.000tadan oshirolmayotgani barcha-barchasi tushimdamidi?!
- Yo'q, hammasi rostan bo'ldi, shunchaki bir qo'rqitay degandimda.)


P.S. Karantin yomon ta'sir qilyabdi.

BEKATIM