Get Mystery Box with random crypto!

'Viloyat hokimi olimpiadasi' 1-turi Urganch shahrida o‘tkazild | Bek-Khwarizmi

"Viloyat hokimi olimpiadasi" 1-turi Urganch shahrida o‘tkazildi!

2022-yil 29-dekabrda Xorazm viloyatining yangi hokimi Jo‘rabek Raximovga KHISO olimpiada maktabi asoschisi Sardor Bozorboyev tomonidan "Viloyat hokimi olimpiadasi" marafoni tashkil etish taklifi bildirilgan edi.

Ushbu olimpiadaning 1-turi viloyatdagi 7-8 sinf (har bir tumandan 10 tadan eng yaxshi) o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan o‘tkazildi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Olimpiadaning keyingi turlari mart oyida Urganch va Yangibozor tumanlarida o‘tkaziladi. Ushbu turdan 5-6 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan va 7-8 sinf o‘quvchilariga kimyo, biologiya, fizika (navbatma-navbat) fanlaridan olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

Endilikda Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham ushbu olimpiada tashkil etilishi rejalashtirilmoqda!