Get Mystery Box with random crypto!

'Goʻzal Turkiston' Goʻzal Turkiston, sanga na boʻldi? Sahar v | Zaripboyev Behruzbek

"Goʻzal Turkiston"

Goʻzal Turkiston, sanga na boʻldi?
Sahar vaqtida gullaring soʻldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun boʻlmasmi dil shod?

Bilmam ne uchun qushlar uchmas bogʻchalaringda!?

Birligimizning tebranmas togʻi,
Umidimizning so'nmas chirogʻi.
Birlash, ey, xalqim kelgandir chogʻii,
Bezansin endi Turkiston bogʻi.
Uygʻon, xalqim, yetar shuncha jabru-jafolar.

Ol bayrogʻingni qalbing uygʻonsin,
Qullik, asorat barchasi yonsin.
Qur yangi davlat, yovlar oʻrtansin,
Oʻsib Turkiston qaddin koʻtarsin.
Yayrab, yashnab oʻz vataning gul bogʻlarida...

Choʻlpon