Get Mystery Box with random crypto!

#BILASIZMI Koʻp yillar oldin qabul qilingan baʼzi qonunlar b | Bᴇɢɪᴍᴏғғ's ʙʟᴏɢ

#BILASIZMI

Koʻp yillar oldin qabul qilingan baʼzi qonunlar bugun avvalgi maʼnosini yoʻqotdi. Endi ular fuqarolarni masxara qilishga oʻxshab qolmoqda. Jumladan, Fransiyada ham shunga oʻxshash taqiqlar anchagina.

Fransiyada temir yoʻl stansiyalarida oʻpishish taqiqlanadi. Ushbu qonun 1910 yilda poyezdlar joʻnab ketishi kechikishi sababli kiritilgan.

Mamlakat qonunchiligi xususiy radiostansiyalarda ijro etilgan musiqalarning 40% fransuz tilida boʻlishi kerakligini talab qiladi.

Choʻchqa egalari choʻchqalarini Napoleon deb atashlari mumkin emas. Sobiq imperator Napoleon aftidan mahalliy aholining hazil va masxara mavzusiga aylanmaslik uchun ushbu qonunni kiritgan.

Fransiya qonuni marhum bilan turmush qurishga ruxsat beradi. Ushbu qonun 1959 yilda qabul qilingan. Oʻshanda Fransiya janubida toʻgʻon yorilib, 420 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan. Ushbu falokatda qayligʻidan ayrilgan homilador ayol shu qadar yuragini siqib qoʻydiki, sobiq prezident Sharl de Goll oʻlgan kishiga turmushga chiqishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Biroq, rasmiylar er-xotin haqiqatan ham ulardan biri vafot etishidan oldin turmush qurishni rejalashtirganligini isbotlashni talab qilmoqda.

@Begimoff_blog