Get Mystery Box with random crypto!

Siniq ko‘zgu Uni ko‘rib Aql aqldan ozdi, Birlik qora dorga | The Introvert

Siniq ko‘zgu


Uni ko‘rib Aql
aqldan ozdi,
Birlik qora dorga
o‘zini osdi,
Bilim yiqilganmish
o‘zi chohiga,
Vijdon qabrtoshiga
ismini yozdi.

Tarbiya o‘lgandi
tayoq zarbidan,
Sog‘lik Ovro‘poga
Ilm ortidan,
Hurmati qolgandi
tilning uchida,
Kamtarlik katilmish
ochlik dardidan.

Or-nomus yashirindi
baland tog‘larga,
Fikr muzlab o‘ldi
qahri sovuqda,
Mehrni kuydirdi
quyosh saratoni,
Do‘stligi-qurbondir
pulning yo‘lida.

Jo‘mardlik uchdi
bosqinchi o‘qiga,
Sabr aza ochar
so‘nggi kosaga,
qo‘lda qoldi Iymon
kiyim parchasi,
o‘zi ibodat-chun
qaytgan g‘origa.

yiringdan ishibdi
Insof yarasi,
Adolati hammomga
ketdi, chamasi,
Haqiqati so‘yildi
qo‘rquv qilichi-la,
Gapining chiqdi
Siyqa-siyqasi.

Uyat undan
uyalar hozir,
qilgan ishidan
ko‘ngillar ozar,
Bildi Rostidan
mastlikni afzal,
Haqini so‘rashdan
qiladi hazar.

U o‘zi yetdi
o‘zi boshiga,
g‘arq bo‘lib bo‘ldi
o‘z ko‘zyoshiga.

Tanishing...
Qarshingizdagi bu - Turkiy.


(C). Bedorbaxt