Get Mystery Box with random crypto!

Atrof-muhit faollari Baydenni sudga berishmoqchi Bir qator ek | 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

Atrof-muhit faollari Baydenni sudga berishmoqchi

Bir qator ekologik tashkilotlar AQSh prezidenti Jo Baydenni Alyaskaning shimoli-g‘arbiy qismida neft va gaz quduqlari bilan ta’minlovchi “ConocoPhillips” loyihasini ma’qullash qarori tufayli sudga berishmoqda. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
Da’vo arizasida burg‘ulash maydonchalarini nozik muhitda qurish rejalashtirilganligi qayd etilgan. Tashkilotlarning fikricha, quduqlar mintaqadagi suv, havo sifati, shuningdek, odamlar va hayvonlarning hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-muhit faollarining ta’kidlashicha, garchi Yer resurslarini boshqarish byurosi o‘zining dastlabki hajmini qisqartirgan bo‘lsa-da, loyihaning ma’qullanishi to‘rtta ekologik qonunni buzadi.
Tashkilotlar agentlikni loyihaning Alyaska mahalliy yerlariga yetkazadigan zararini baholamaganlikda aybladi. Da’voda, shuningdek, Baliq va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati quduqlarning yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarga, jumladan, qutb ayiqlariga potensial ta’sirini to‘g‘ri ko‘rib chiqmaganligi ham da’vo qilingan.
Ushbu konni “ConocoPhillips Willows” sho‘ba korxonasi o‘zlashtiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, neft qazib olish taxminan 600 million barrelni, issiqxona gazlari chiqindilari esa yiliga 280 million tonnani tashkil qiladi.

@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!