Get Mystery Box with random crypto!

Dunyoning eng boy sportchilari reytingi e’lon qilindi Sportic | 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

Dunyoning eng boy sportchilari reytingi e’lon qilindi

Sportico jurnali tarixdagi eng boy 50 nafar sportchi roʻyxatini yangiladi. Unga koʻra, NBA afsonasi Maykl Jordan birinchi boʻlib turibdi.
Ikkinchi va uchinchi oʻrinlardan golf ustalari oʻrin olishgan. Messining daromadi esa Ronaldunikidan 100 mln. dollarga kam.
Jurnal sportchilarning faoliyati va undan keyingi daromadlarni hisoblab chiqib, inflyatsiyani ham hisobga olgan.
Daromadga ish haqi, bonuslar, pul mukofotlari, kitob nashr qilish boʻyicha bitimlar va gonorarlar kiritilgan.
Eng boy sportchilar TOP-10 quyidagicha:
Maykl Jordan (basketbol) – 3,3 mlrd. dollar
Tayger Vuds (golf) – 2,5 mlrd. dollar
Arnold Palmer (golf) – 1,7 mlrd. dollar
Jek Niklaus (golf) –1,63 mlrd. dollar
Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,58 mlrd. dollar
Lebron Jeyms (basketbol)– 1,53 mlrd. dollar
Lionel Messi (futbol) – 1,48 mlrd. dollar
Floyd Meyvezer (boks) – 1,41 mlrd. dollar
Rojer Federer (tennis) – 1,38 mlrd. dollar
Fil Mikelson (golf) – 1,36 mlrd. dollar


@BedarakTv