Get Mystery Box with random crypto!

“Uzbekistan Airways”ga yangi rahbar tayinlandi “Uzbekistan Ai | 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

“Uzbekistan Airways”ga yangi rahbar tayinlandi

“Uzbekistan Airways” AJ yagona aksioneri – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga koʻra, joriy yilning 10-mart kuni “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi etib Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich tayinlandi.
Shuxrat Xudaykulov 1984-yil 26-iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining “Aviatsiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxassisligini tamomlagan.
2019-yildan kompaniyada tijorat va turizm boʻyicha Boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2021-yil fevral oyidan buyon “Uzbekistan Airways” boshqaruvi raisi lavozimini transport vaziri Ilhom Mahkamov egallab kelayotgan edi.


@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!