Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Oʻzbekistonda yomgʻir yogʻib, kuchli shamol boʻlishi kut | 𝘽𝙀𝘿𝘼𝙍𝘼𝙆 𝙏𝙑

Bugun Oʻzbekistonda yomgʻir yogʻib, kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda

Oʻzgidromet 11-mart, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini maʼlum qildi.
Unga koʻra, bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 21-26° iliq boʻladi.
Poytaxtda kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° iliq boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq boʻladi.


@BedarakTv - Энг тезкор янгиликлар ва қизиқарли видеолар каналига обуна бўлинг!