Get Mystery Box with random crypto!

Assalamu alaykum, boshlangan kun xayrli bo'lsin! HAR BIR VA | - Lifestyle

Assalamu alaykum, boshlangan kun xayrli bo'lsin!


HAR BIR VAQTNI VA VAZIYATNI SEVISHNI BILING!

Hayotda boʻlayotgan har bir vaziyatni sevish va shu vaqtni qadrlash kerak.

“Agar unday boʻlmasa bunday boʻlmas edi”, “unday boʻlsa yaxshi boʻlar edi” degan gaplar sizni chalgʻituvchi gaplar.

Siz yaxshi deb bilgan holat faqatgina hayol, reallik emas.
Reallik qanday boʻlmasin u yaxshilikka.

Siz uni qabul qiling, seving, quvoning va undan rohatlaning.

Nimanidir yoʻqotdingizmi rozi boʻling. Hammasi oʻzgaradi, hayot davom etadi. Hech kim avvalgi holidek qolmaydi.

Baʼzan keng yoʻllar duch kelsa, baʼzida yurishga yoʻl qolmaydi.

Unisi ham, bunisi ham yaxshi. Unisi ham, bunisi ham toʻgʻri, hayot bergan tuhfadir.

Hammasidan minnatdor boʻlish, qabul qilish baxtli insonning yoʻli.

Ertaga hammasi oʻzgarib, boshqacha boʻlishi mumkin, indinga esa yana boshqacha.

Hozir va shu yerda yashang, shu daqiqani baxtini his eting va doim baxtli boʻling.

https://t.me/beautywomen90