Get Mystery Box with random crypto!

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi bdu_yoshlar_ittifoqi — BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal B
Telegram kanalining logotibi bdu_yoshlar_ittifoqi — BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal
Kanal manzili: @bdu_yoshlar_ittifoqi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.20K
Kanalning ta’rifi

BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali.
Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik
Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot
Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi
You tube: @buxduyoshlarittifoqi
Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 20:39:55 ​​ Магистратура босқичида таълим олаётган хотин-қизлар диққатига!

Ҳукумат қарори (447-сон, 15.08.2022 й.) билан Давлат ОТМнинг магистратура босқичига тўлов-контракт асосида қабул қилинган ва таълим олаётган хотин-қизларнинг тўлов-контракт суммасини Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан қоплаб бериш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди.

Шу сабабли давлат ОТМнинг магистратура босқичига тўлов-контракт асосида қабул қилинган ва таълим олаётган талаба хотин-қизлар (талабгорлар) 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб ўқув йили учун тўлов-контрактнинг тўлиқ суммасини қоплаб бериш юзасидан (табақалаштирилган тўлов-контракт тўловлари бундан мустасно) ўзлари таълим оладиган ОТМ ректори (филиал директори) номига 15-сентябргача ариза билан мурожаат этишлари керак.

Ушбу муддатдан кейин тақдим этилган аризалар кўриб чиқилмайди.

Аризалар 3 иш кунида кўриб чиқилиб, рўйхат шакллантирилади.

Эслатма: Агарда сиз университетнинг филиалида таълим олсангиз ариза филиал директори номига ёзилиши лозим.

@yuridik_konsaltuz_bot - савол йўлланг, тез фурсатда малакали юристлар жавобини олинг!

@yuridikkonsalting
265 viewsKarimov Feruz, 17:39
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:27:10 Hurmatli 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlarimiz!!!

Universitetga topshirilishi kerak bo'lgan xujjatlaringiz quyidagicha:

Kerakli xujjatlar quyidagilar:

1. Rektor nomiga ariza(universitet hududida yoziladi);

2.Pasport nusxasi 2ta (asli ko'rsatilgan holda)

3.Fotosurat 12ta (3,5*4,5)

4.Tavsiyanoma (agar mavjud bo'lsa)

5.Ma'lumoti haqida hujjat (ilovasi bilan birga): attestat yoki diplom

6.Imtiyoz asosida talabalikga tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asl nusxasi agar mavjud bo'lsa)

7.Hujjatlar uchun papka (ip bilan bog'lanadigan delo papka)

8.A5 formatdagi konvert

9.Talabalikka tavsiya etilgan javoblar varaqasi.

10.Abituriyent ruxsatnoma varaqasi.

@BDU_yoshlar_ittifoqi
347 viewsKarimov Feruz, 16:27
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:22:29 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

@BDU_yoshlar_ittifoqi
321 viewsKarimov Feruz, 16:22
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:28:43
#Yangi_Ozbekistonda_el_aziz_inson_aziz
#BuxDU_yangiliklari

San'atkorlar tomonidan jonli ijrodagi qo'shiqlar hamohangligida bir lagan osh ustida bo`lgan samimiy diydorlashuv hammaga bayram kayfiyatini ulasha oldi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
221 views𝙱𝙰𝙵𝙾𝚈𝙴𝚅 𝙱𝙴𝙺𝚉𝙾𝙳, 11:28
Ochish/sharhlash
2022-08-30 14:28:43
#Yangi_Ozbekistonda_el_aziz_inson_aziz
#BuxDU_yangiliklari

Mustaqillik ayyomiga ham oz fursat qoldi. Viloyatimizning turli go`shalarida bo`lgani kabi bugun universitetimizda bayram munosabati bilan dasturxon yozildi. BuxDUning faxriy ustozlari hamda xodimlari uchun yozilgan bayram dasturxonini o`zbekning milliy taomi osh bezadi. Talabalar turar joyida bo`lgan tadbirni BuxDu rektori Obidjon Xamidov bayram tabrigi bilan ochib berdi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
212 views𝙱𝙰𝙵𝙾𝚈𝙴𝚅 𝙱𝙴𝙺𝚉𝙾𝙳, 11:28
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:34:21
www.voydod_buxdu_yoshlar_ittifoqi.net taqdim etadi

BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Vatanimiz kelajagi mening qoʻlimda" nomli onlayn tanlovni e'lon qilamiz

Mustaqillik kunini qanday qilib videoda yoritishni talaba-yoshlarning o'z g'oyalariga havola etamiz

Ijodiy ishlardagi videoroliklar hajmi 25 mg dan oshmasligi kerak!

Materiallar:
@Tanlov_uchun_murojaat_bot profiliga yuboriladi

G'oliblarni aniqlash: BuxDU talabalarining fikriga koʻra (qoldirilgan reaksiyalar soni nazarda tutilgan).

Taqdirlash: 3 nafar gʻoliblikni egallagan ishtirokchilar BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan universitet logotipi tushirilgan futbolka-kepka va diplom bilan taqdirlanadilar

Qabul: 5-sentabr kunduzgi 12:00 gacha

Bizning manzil: @BDU_yoshlar_ittifoqi
8 views𝙱𝙰𝙵𝙾𝚈𝙴𝚅 𝙱𝙴𝙺𝚉𝙾𝙳, 15:34
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:14:01 Eng muhim yangiliklar:

Kuni kecha mandat chiqdi!
Bakalavr va magistrlar uchun kontrakt miqdorlari oshmaydigan bo’ldi.(Mustaqil OTMlarda ham)
Super-kontrakt miqdorlari ham o’zgarishsiz qoldi.
Xotin-qizlar uchun magistratura tekin bo’ldi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan barcha ketma-ket 4 kun dam oladi.
201 viewsBaxtiniso Shukurova, 07:14
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:02:44
Yoshligimga qaytgim keladi...

Internetsiz, telefon va kompyutersiz o‘tgan yoshlik davrlarni barcha birdek sog‘insa kerak.

Do'stlarga ham ulashing!

Kanalimizga a'zo bo'ling: https://t.me/students_of_BukhSU
177 viewsSuvonqulova Sadoqat, 06:02
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:59:35 O'zbekistondagi OTMlarda kontrakt miqdorlari qancha edi?

Ushbu ro'yxatda bilib olishingiz mumkin. Bu yil ham shu miqdorlar saqlanib qolmoqda.

@BDU_Yoshlar_ittifoqi
235 viewsKarimov Feruz, edited  04:59
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:30:05
Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади. Яъни ўтган йили контрактлар қанча бўлса, жорий йил ҳам шунча бўлади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.


@xushnudbek
157 viewsKarimov Feruz, 04:30
Ochish/sharhlash