Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm | BBA

Telegram kanalining logotibi bbaxorazm — Xorazm | BBA X
Telegram kanalining logotibi bbaxorazm — Xorazm | BBA
Kanal manzili: @bbaxorazm
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 957
Kanalning ta’rifi

BBA Xorazm viloyati bo’limi telegram kanali

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-02 08:05:09 Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihon ballari OTM tomonidan pasaytirilgan

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
tomonidan 145 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklangani haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Unda:

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari o‘rganilib, 356 nafar (shundan, qo‘shilgan 322, kamaytirilgan 34) abituriyentning haqiqatda to‘plagan ballariga soxta yozuvlar kiritilgani;

velosport yo‘nalishida abituriyent D.Bakirovning haqiqatda to‘plagan 105,2 bali soxtalashtirilib, Davlat test markazining elektron maʼlumotlar bazasiga pasaytirilgan 67,4 ball kiritilishi oqibatida talabalikka tavsiya etilmagani;

idoralararo ishchi guruhi tomonidan har bir abituriyent natijasi qayta ko‘rib chiqilib, asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmasdan qolgan 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar to‘lov-kontrakt) abituriyentni talabalikka tavsiya etish haqida qaror qabul qilingani;

filialning sobiq direktori R.Rasulov va qabul komissiyasi masʼul kotibi M.Muxriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani qayd etilgan.

Lekin ayrim telegram kanallarda Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar boshqacha talqin qilinib, abituriyentlarning ballari DTM saytida qasddan pasaytirilgan degan ma’lumotlar berilmoqda. Natijada ko‘pchilikda abituriyentlarning ballari DTM tomonidan pasaytirilgan degan fikr yuzaga kelmoqda. Bu butunlay noto‘g‘ri.

Aslida holat quyidagicha:

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oliy ta’lim muassasa (OTM)lari tomonidan o‘tkaziladi.

Abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonda to‘plagan ballari OTM mas’ullari tomonidan soxtalashtirilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari DTMning elektron ma’lumotlar bazasiga OTM qabul komissiyasi tomonidan pasaytirilgan holda kiritilgan, DTM tomonidan emas.

Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda kimlarga nisbatan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aniq keltirilgan.

Izoh: Davlat test markazi negizida Bilim va malakalarni baholash agentligi tashkil etilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
210 views05:05
Ochish/sharhlash
2023-03-01 09:35:19 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha mart oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 4-5-mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-11- va 13-17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Telegram
1.0K views06:35
Ochish/sharhlash