Get Mystery Box with random crypto!

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin! Bili | Xorazm | BBA

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

Bilim va malakalarni baholash sho‘basi barcha xotin-qizlarni ushbu ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi hamda mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilab qoladi.

Shunchalar har xil – kamtarin, jasoratli, muloyim va qat’iyatli bo‘lsangizda, barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos.

Barchangizga izlanishdan to‘xtamaslikni, yangiliklarga intilib yashashni, olgan bilimlaringizni amalda qo‘llay olishni, o‘zingiz yoqtirgan kasb bilan shug‘ullanishni va yangi marralarni zabt etishni tilaymiz.

Hozir cheksiz imkoniyatlar davri, shuning uchun ham bor imkoniyatdan foydalanib, hur fikrlaydigan, yetuk mutaxassis bo‘ling, o‘z oldingizga to‘g‘ri maqsadlarni belgilab, ular sari dadil qadam tashlang!

Bayramingiz bilan aziz ayollar!

Telegram