Get Mystery Box with random crypto!

⭕️ | BBA | SIRDARYO |

Telegram kanalining logotibi bba_sirdaryo — ⭕️ | BBA | SIRDARYO |
Telegram kanalining logotibi bba_sirdaryo — ⭕️ | BBA | SIRDARYO |
Kanal manzili: @bba_sirdaryo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 88
Kanalning ta’rifi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo'limi.

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-21 13:41:31 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 24-fevral kuni e’lon qilinadi

2023-yil 29-yanvar kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tgan edi.

Mazkur test sinovida 5 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etgan bo‘lib, hozirda ularning yozma ishlari tekshirilmoqda.

Yozma ishlarni tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, hozirda mazkur jarayonni imkon qadar tezroq yakunlashga harakat qilinmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 646-son qarorida test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan.

Shu sababli yozma ishlarni tekshirish jarayonini 24-fevralga qadar yakunlash va 24-fevral kuni test natijalarini e’lon qilish rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23 views10:41
Ochish/sharhlash
2023-02-21 09:17:29#bilasizmi

Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

Universitet — 36 ta;
Institut — 48 ta;
Akademiya — 5 ta;
Konservatoriya — 1 ta;
Filial — 24 ta;
Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.

Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
Badiiy akademiya - 1 ta;
Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
Adliya vazirligi - 1 ta;
Bosh prokuratura - 1 ta;
Transport vazirligi - 1 ta;
Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.

Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.

OTM roʻyxati pdf shaklda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
17 views06:17
Ochish/sharhlash
2023-02-21 09:16:42
#tavsiya

Davlat oliy ta’lim muassasalarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha davlat oliy ta’lim muassasalari telegramda o‘z sahifalarini yuritmoqda.

Mazkur telegram kanallarida muassasa faoliyati, yangiliklar, muhim e’lonlar, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy munosabatlardan boxabar bo‘lish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikamizda 114 ta davlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining rasmiy kanallariga a’zo bo‘lishni tavsiya qilamiz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
18 views06:16
Ochish/sharhlash
2023-02-20 07:49:21
Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 4 614 nafar talabgor ishtirok etdi. 9 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentlarga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22 views04:49
Ochish/sharhlash
2023-02-17 17:00:45 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish https://my.dtm.uz/ilmiy/service havola (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 22-fevral soat 11:00 (to‘lovni amalga oshirish 23-fevral soat 10:00) ga qadar davom etadi.

Imtihonlar esa 24-fevral kuni soat 14:00 Toshkent shahrida Davlat test markazi binosi (Bog'ishamol ko'chasi 12-uy) da kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.

Murojaat uchun:
- (95) 515-68-68
29 views14:00
Ochish/sharhlash
2023-02-17 09:13:57 Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo’lishlari mumkin.

Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududlardagi vakillaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

Bilimni baholash agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25 views06:13
Ochish/sharhlash
2023-02-17 07:29:04
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2023-yil 9-fevral kuni fevral oyida o‘tkazilishi belgilangan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari boshlangan edi.

Test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.

Bunda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Test natijalari 23-fevral kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Bilimni baholash agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27 views04:29
Ochish/sharhlash