Get Mystery Box with random crypto!

Ona (o'zbek) tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha mal | ⭕️ | BBA | SIRDARYO |

Ona (o'zbek) tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

22-fevraldagi “Ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi 27-fevral kuniga ko'chirildi. Ro'yxatdan o'tish 25-fevral kuniga qadar davom etadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 27-fevral kunidan Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona tilidan yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursiga ro‘yxatdan o‘tish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz