Get Mystery Box with random crypto!

Vatanni sevishni Jaloliddindan oʻrganganman… Kecha men ham bu | Sardor Bazarbaev

Vatanni sevishni Jaloliddindan oʻrganganman…

Kecha men ham buyuk sarkarda Sulton Jaloliddin Manguberdi tarixini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan majmua ochilishida qatnashim haqida xabar topib benihoya xursand boʻldim. Zero, har bir oʻzbek oʻgʻloni borku bahodir sarkarda bobomizdan gʻururlanadi. Yoshligimizdan bobo-buvilarimizda Manguberdi bobomiz haqidagi hikoyalarni eshitib vatanni sevishni, vatan uchun kurashishni oʻrganganmiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ayni davrdagi global jahonda inson ongi uchun kurash ketayotgan tahlikali zamonda Jaloliddin siymosi orqali har bir yosh avlod ongida vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini shakllantirish har qachongidanda muhim hisoblanadi.

Ochilish marosimida qatnashar ekanman, prezidentimiz tomonidan navbatdagi xushxabarni eshitdik. Ya’ni, boshqa bir buyuk bobomiz hisob ilmi sultoni Muhammad al Xorazmiy bobomiz nomidagi shaharcha. Ayniqsa ushbu shaharchada ochiladigan universitet va maktab yosh olim sifatida meni yanada quvontirdi. 2024-yil Xiva shahri Islom mamlakatlari poytaxti deb e’lon qilinganini ham inobatga olsak, shu yilda Al Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasini ham yurtimizda oʻtkazishni taklif qilgan boʻlardim. Bu orqali nafaqat ilm-fanda, balki turizmdagi jozibadorligimiz ham yuksalishiga ishonchim komil.

Xalqaro olimpiadalar gʻolibi, Mard Oʻgʻlon davlat mukofoti sohibi - Sardor Bozorboyev