Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur 'Qur'on yodlashni boshladim' desam 'necha yilda tug | Bayyina kanali uchun

#tafakkur

"Qur'on yodlashni boshladim" desam "necha yilda tugaydi" deyishadi...

"Shu kitobdan mutolaa qilayapman" desam, "qachon o'qib tugatasan" deyishadi...

"Falon mavzuda kitobcha yozayapman" desam, "qachon yozib tugatasan" deyishadi...

Ko'pchilik negadir tugatish, bitirish dardida...

Aslida, yo'lda bo'lish afzalroq emasmi? Hech tugamasa ham, manfaatli yo'lning yo'lovchisi bo'lish kifoya qilmaydimi? Ilm yo'liga "bitirish, to'xtash" uchun emas, "to'xtamaslik" niyatida boshlasak, go'zal emasmi?

Robbimiz doim O'zining sharafli ilm yo'lida yo'lovchi qilsin bizni, bu yo'lning oxiri bo'lmasa ham...

Sen: “Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh boʻlsayu unga oʻz mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur”, degin
(18, 109)

@Bayyina_Arab