Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyaliklar, shuningdek mehnat muhojirlarini armiyaga jalb q | Bayroqdor

Rossiyaliklar, shuningdek mehnat muhojirlarini armiyaga jalb qilish harakatlari davom etmoqda. Aholiga mo'may daromad, imtiyozlar, fuqarolik va boshqa shu kabi ijtimoiy ne'matlar taklif qilinyapti.

Bundan tashqari, federal va hududiy telekanallar, jamoat joylari, hatto avtobus va metro bekatlariga ham targ'ibot reklamalari ilingan.

Yuqoridagi ikki videoda ham armiya bilan shartnoma imzolashning "afzalliklari"ga urg'u berilgan. Moliyaviy muammolardan xalos bo'lishning yagona yo'li sifatida urushga borish ko'rsatilgan. Shu bois, ular aks ta'sir ko'rsatdi hamda Rossiya jamiyatida noroziliklarga sabab bo'ldi.

Bayroqdor || Harbiy blog