Get Mystery Box with random crypto!

Baxt...

Telegram kanalining logotibi baxtulashingg — Baxt... B
Telegram kanalining logotibi baxtulashingg — Baxt...
Kanal manzili: @baxtulashingg
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 488

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-04-02 20:15:38 Inson shahvat domiga tushsa, zinoni sevgi deb o'ylaydi.

Muhammad Bo'zdag'
12 views17:15
Ochish/sharhlash
2023-04-01 06:59:27 Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

"Insonlarni kuldurish uchun so'zlab yolg'on gapiradigan kimsaga vayl bo'lsin, vayl bo'lsin, vayl bo'lsin!".

• Imom Termiziy rivoyati, 2315-hadis

*Vayl - Azob, halokat, yutqiziq.

Oyatdan misol. Xumaza surasi 1- oyat.

وَيْلُ لِّكُلِّ هُمَذَةٖ لُّمَذَةٍ
Vaylulli kulli humazatil lumazah.

Har bir obroʻ toʻkuvchi va ayblovchiga vayl boʻlsin.

Bu yerda vayl bu jahannam nomi deb keladi.
20 views03:59
Ochish/sharhlash
2023-03-31 18:35:04
الله الله الله الله الله الله الله الله الله
26 viewsedited  15:35
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:58:37
Biroz tabassum:)

Islomiy tarbiya oʻqituvchisi oʻquvchidan:
- Isming nima? — deb soʻradi.
- Ismim Yasin — deb javob berdi oʻquvchi.
- Unda bizga Yasin surasini oʻqib ber ey Yasin.
U o'quvchi surani yoddan bilishini aytib,oʻqib berdi.
So'ngra ustoz boshqa bir oʻquvchidan:
- Seni isming nima? - deb soʻradi.
- Ismim Yusuf, lekin doʻstlarim meni Kavsar deb chaqirishadi deb javob berdi:١
26 views09:58
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:56:40
Muhabbat nima؟

Muhabbat- ovqat yedingizmi deb berilgan savol.

Muhabbat - issiqroq kiyin, havo sovuq, deb aytilgan buyruq.

Muhabbat- o‘zingizni ehtiyot qiling deb uyalibgina sekin aytilgan so‘z.

Muhabbat - yetib borib qo‘ng‘iroq qilib qo‘y deb aytilgan mehr.

Muhabbat- hayolida emas hayotida yashash.

Muhabbat - ming marta urishsa ham, bir ming birinchi marta yarashish, bir marta urishib ayrilib ketish emas.

Muhabbat-o‘zaro hurmat.

Muhabbat-duolarida eslash.

Muhabbat- har qanday kunida yonida bo‘lish va men har doim siz bilanman, deb aytilgan dalda.
21 views09:56
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:42:33
​​Muhabbat bu... #حب

-Birgalikda ro'za tutmoq.
-Bir-birini saharlikka uyg'otmoq.
-Kuyib-pishib iftorlikka habibi uchun nimadirlar pishirmoq.
-Mehr bilan "Nechchi minut qoldi" deb bir biridan so'ramoq.
-Sen yemasang, men ham yemayman deb tahdid qilmoq.
-Tansiqli taom ozroq bo'lsa "Yegim yo'q" sen yegin deb aldamoq.
-Ayoli hech narsa yemasa, "samalyot" og'zingni och deb yedirmoq.
-Habibining ishdan kelishini iftorlikni kutgandek kutmoq.
-Birgalikda tahajjud o'qimoq.
-Duolarida bir birining borliklari uchun shukrona keltirmoq, o'zidan oldin duolarida juftini eslamoq.
-Sevgisini balandparvoz so'zlar bilan emas, mehr to'la ko'zlari bilan izhor qilmoq.
-Xullas, janjal bilan emas, har kuni borida ham yo'g'iga ham shukrona keltirib, bir birini tushunib, hazillashib, yaxshi ko'rib yashamoqdir:)
21 views09:42
Ochish/sharhlash
2023-03-31 02:16:08
20 views23:16
Ochish/sharhlash
2023-03-30 07:57:28
Duo ko’proq ijobat bo’ladigan vaqtlar:

– Qadr kechasidagi duo.
– Tunning yarmida qilingan duo.
– Namozda, sajdada qilingan duo.
– Yomg’ir yog’ayotgandagi duo.
– Bemorlikdagi duo.
– Musofirlikdagi duo.
– Hojining duosi.
– Azon bilan iqomat orasidagi duo.
– Birodarining haqqiga g`oyibdan qilingan duo.
– Farz namozlardan kein qilingan duo.
–Juma kunidagi bir fursatda qilingan duo.
– Azon paytidagi duo.
– Qiyinchilik chog’ida qilingan duo.
– Mazlumning duosi.
– Otaning farzandga qilgan duosi.
– Alloh yo’lida yurganning duosi.
– Umrachining duosi.
– Arafa kunidagi duo.
– Mayyitning ko’zi yumilgan paytdagi duo.
– Sajdalarda.
– Tunning oxirida.
– Farz namoziga azon aytilganida:
– Ro’zador og’zini ochayotgan paytdagi duo.
24 views04:57
Ochish/sharhlash
2023-03-30 07:56:13 Biz yaxshilik qilgan odamimiz bilan
albatta sinalamiz!


Deylik kimgadir yaxshilik qilamiz. Ma'lum vaqt o'tgandan keyin u bizga yaxshiligimizga yarasha javob qaytarmaydi, yoki birozgina yomonlik qilishi mumkin. Shunda biz, "men senga mana bunaqa ish qilgan edim", desak sinovdan o‘tolmagan bo'lamiz. Sababi biz yaxshilikni Alloh uchun qilmagan bo'lamiz, shu sababdan minnat qilib, yaxshiligimizga yarasha javobni Allohdan emas, o'zgadan kutgan bo'lamiz. Shu sababdan yaxshiligimizni savobi kamayishi yoki butunlay undan mahrum bo'lishimiz ham mumkin.

Alloh bilguvchiroqdir.
22 views04:56
Ochish/sharhlash
2023-03-28 06:45:45 Hayratlanar ko‘zlar,
Hayratlanar qalb,
O‘zi shundoq bo‘lar yoshlik mahali.
Lekin hayratingni qo‘ymagin sarflab,
Ulug‘ mo‘jizalar oldinda hali.

Abdulla Oripov

https://t.me/baxtulashingg
14 views03:45
Ochish/sharhlash