Get Mystery Box with random crypto!

SOG‘INCH Seni sog‘insinlar, Sen ko‘p sog‘inding, Chora yo‘q ba | Baxt...

SOG‘INCH
Seni sog‘insinlar,
Sen ko‘p sog‘inding,
Chora yo‘q baribir ikki holda ham.
Daryodek tosharding, ko‘l kabi tinding,
Faqat ruhing qoldi sen bilan hamdam.
Afsus, sog‘inchning ham bordir adog‘i,
Keyin unutilish, bari abasdir.
Sog‘ingan odamning ko‘nglida dog‘i,
Sog‘intirganga ham oson emasdir.
Abdulla Oripov

https://t.me/baxtulashingg