Get Mystery Box with random crypto!

Onangizni sog‘insangiz uyga borasizmi, kimlardir esa qabriston | Jannatga oshiq qalblar

Onangizni sog‘insangiz uyga borasizmi, kimlardir esa qabristonga...

Onangiz gilamga o‘tirganlarini ko‘rsangiz, yugurib borib qo‘sha qo‘sha to‘shak solasiz, ammo onasi tuproqda yetganini bilib, bitta to‘shak sololmaydigan bor....

Biror xato kilib ranjitib qo‘ysangiz, bitta quchoqlab “kechiring” desangiz volidangiz hamma gunoxingizni kechirib yuboradi, ammo shunday farzandlar borki, endi ular hech qachon volidalarini bo‘ynidan quchib “kechiring” deyisha olmaydi.....

Uyda yurasizmi, ko‘chadami, balolardan asraguvchi bitta qalqoningiz ya’ni onangizni duosi har doim siz bilan, ammo onasini duosidan bebahra qolganlar qancha birodar....

Uyga kech kirib borsangiz ham, yo‘lingizga intizor bo‘lib, ovqatingizni qayta qayta isitib kutadigan onangiz bormilar, shukr qiling ko‘chadan kech qaytsa, devordan sakrab xovliga kiradigan, oshxonaga kirib bo‘sh qozonni ko‘radiganlar qancha