Get Mystery Box with random crypto!

'To'siqlarga qaramay sevdik ' Sevgan odam tashlab ketmaydigan | 𝓑𝓪𝔁𝓽𝓵𝓲 𝓸𝓷𝓵𝓪𝓻𝓲𝓶𝓼𝓪𝓷🕊❤️

'To'siqlarga qaramay sevdik "
Sevgan odam tashlab ketmaydigan boshqa bir sayyorada yashashini istayman...

Sevgan inson tark etadimi? Albatta, yo'q! Agar inson chindan sevsa mayda-chuyda sabablarni deb sevgan insonidan yuz burmaydi. Undan aslo uzoqlasha olmaydi. Hatto arazlashgan holatda ham sevgan insonining yonida bo'lishini istaydi. Muammo nima bo'lishidan qat'iy nazar, uni hal qilishga harakat qiladi. O'zini ko'ngil bergan insonining yonida xotirjam his qiladi.
Agar bir inson seni sevaman degan holda eng mayda sabablarni bahona qilib sendan uzoqlashgan bo'lsa, demak, u seni sevmaydi. Buning boshqacha bir izohi bo'lishi mumkin emas. Bu holat shaxsan o'zim bilan ham sodir bo'lgan.
Menga ham sevishini so'ylaganlar, eng mayda sabablarni bahona qilib tark etishgan. Vaholanki, tark etganlar ilk boshida sira ketmayman deganlar edi. Ular meni shu yolg'onga ishontirib ketishdi. Gapning qisqasi, sevgan inson hech qayerga ketmaydi. Aniqrog'i, keta olmaydi. Agar ketgan bo'lsa, zotan seni sevmagan ekan...

#tosiqlarga_qaramay_sevdik

@baxtlionlarimsan