Get Mystery Box with random crypto!

19-aprel, chorshanba (28-kun) Iftorlik vaqti: 19:09 (Toshkent | BAXTLI AYOL ❤️

19-aprel, chorshanba (28-kun)
Iftorlik vaqti: 19:09 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdurrahmon ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi:

«Ibn Umarning oyog‘i uyushib qoldi. Shunda bir kishi unga:
«O‘zingga eng mahbub kishining ismini ayt», dedi.
«Muhammad sollallohu alayhi vasallam», dedi».

Sharh: Ma’lumki, oyoq uyushganda, tomirda qon oqishi qiyinlashgani tufayli, juda ham noqulay holat paydo bo‘ladi. Odamning yurishi qiyinlashadi.

O‘shanday paytda oyog‘i uyushgan kishiga o‘zi yaxshi ko‘rgan odamining ismini zikr qilishi tavsiya etilmoqda.
Mana shu narsa, ya’ni insonning qalbi o‘ziga eng mahbub kishining ismini aytib, uni eslab, sururga to‘lishi oyoqning uyushganining yozilishiga yordam berar ekan. Chunki mahbubning zikri qalbni harakatga soladi va qon yurishib ketadi.

Bu rivoyatda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan cheksiz muhabbatlari ham o‘z ifodasini topgan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

https://t.me/baxtliayol_gulxayonorkulova