Get Mystery Box with random crypto!

18-aprel, seshanba (27-kun) Iftorlik vaqti: 19:08 (Toshkent va | BAXTLI AYOL ❤️

18-aprel, seshanba (27-kun)
Iftorlik vaqti: 19:08 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi:

«Bir kishi aksa urib, «Alhamdulillah», desa, farishta «Robbil olamin», deydi. Banda ham «Robbil olamin», desa, farishta «Alloh senga rahm qilsin», deydi».

Sharh: Demak, aksa urib, «Alhamdulillah», degan kishiga faqat atrofda eshitib turgan kishilar emas, balki ko‘zimizga ko‘rinmaydigan, biroq doim yonimizda bo‘ladigan farishtalar ham javob berishga shay turishar ekan. Aksa urib, Alloh taologa hamd aytmagan kishi bundan mahrum bo‘lib qolishi tayin.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

https://t.me/baxtliayol_gulxayonorkulova