Get Mystery Box with random crypto!

13-aprel, payshanba (22-kun) Iftorlik vaqti: 19:02 (Toshkent v | BAXTLI AYOL ❤️

13-aprel, payshanba (22-kun)
Iftorlik vaqti: 19:02 (Toshkent vaqti)

#hadis #ramazon

Ibn Umardan rivoyat qilinadi:

«Albatta, hayo bilan iymon bir-biriga qo‘shilgan. Biri ko‘tarilsa, ikkinchisi ham ko‘tariladi».

Sharh: Demak, hayosi ko‘tarilgan kishining iymoni, iymoni ko‘tarilgan kishining esa hayosi ko‘tariladi. Shuning uchun hayo iymonning bir bo‘lagi, deyiladi. Iymoni bor odamgina hayoli bo‘lishi mumkin ekan. Binobarin, hayoga qattiq e’tibor berish, uning iymonning alomatlaridan biri ekanligini zinhor unutmaslik kerak ekan.

"Odoblar xazinasi" kitobidan

https://t.me/baxtliayol_gulxayonorkulova